Эркин иқтисодий ҳудудлар
Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Daromad solig„i
- Davlat tashqi qarzi
- Deklaratsiyalash
Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz – jahonning deyarli barcha mamlakatlarida
moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va nisbatlarning keskin izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik holatlarining vujudga kelishi. D Davlat krediti – kredit munosabatlarida bevosita davlatning ishtiroki bilan 361 xususiyatlanadi. Davlat krediti davlat budjetidan ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo„yicha tasdiqlangan dasturlar asosida beriladi. Daromad solig„i – moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo„lgan jismoniy shaxslarning soliq solinadigan jami daromadlaridan, yuridik shaxslarning soliq solinadigan jami daromadi (foydasi)dan undiriladigan to„g„ri, umumdavlat solig„i. Daromadlilik indeksi (profitobility index, PI) – investitsiya loyihasining diskontlangan daromadlarining diskontlangan investitsiya xarajatlariga nisbati tushuniladi, bu ko„rsatkich investorning 1 so„m sarf qilgan investitsiyalariga necha so„m daromad kelishini aniqlab beradi. Davlat tashqi qarzi – davlat tomonidan xorijdan mablag„ jalb qilish natijasida vujudga kelgan O„zbekiston Respublikasi majburiyatlarining yig„indisi. Devalvatsiya (de va lot. valeo – qiymat) – milliy pul birligi kursining xorij valyutalariga nisbatan pasaytirilishi. Deklarant – tovarlarni va (yoki) transport vositalarini o„z nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yohud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs. Deklaratsiyalash – bojxona chegarasi orqali olib o„tilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari to„g„risidagi zarur ma‟lumotlarni bojxona organlariga ma‟lum qilish. Diversifikatsiya – (lot. diversificatio – o„zgarish, xilma-xil taraqqiyot) – korxonalarning faoliyati sohalari va ishlab chiqaradigan mahsulotlari turining kengayishi, yangilanib turishi. Disversifikatsiya ishlab chiqarishda yuqori samaradorlikka erishish, iqtisodiy foyda olish, bankrotlikka barham berish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi. Dividend – (lot. dividendum – taqsimlanadigan narsa) – aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. Dividendning miqdori aksiyadorlar jamiyatining sof foydasi, aksiyalar soni va qiymatiga bog„liq. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling