Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, kichik sanoat zonalari, infratuzilma, kichik biznes, texnologiya, investitsiya, sanoat, raqobat, tadbirkor. 355 Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. Kichik sanoat zonalari – bu tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga mo„ljallangan, muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma obyektlarini, ma‟lum yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonini o„z ichiga oluvchi hudud. O„zbekistonda so„nggi yillarda KSZlarini tashkil etishga katta e‟tibor qaratilib, ular faoliyatini rivojlantirishda kichik biznes subyektlarini jalb etish asosida investitsiyalash, sanoatlashuv, ish bilan bandlik va modernizatsiyani rivojlantirishga erishish maqsadlari ko„zda tutilgan. 2. O„zbekistonda KSZlarini tashkil etishga bundan bir necha yil oldin – 2014 yildan e‟tibor qaratila boshlandi. Bunga O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-sonli Qarori, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-iyundagi 192-sonli hamda 2014-yil 31-dekabrdagi 378- sonli Qarorlari muhim asos bo„lib xizmat qildi. Buningnatijasida bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida KSZlari tashkil etilib, faoliyat ko„rsatmoqda. 3. O„zbekistonda KSZlari EIHlardan farqli ravishda katta iqtiyoz va imkoniyatlarga ega bo„lmasa-da, biroq, kichik biznesni rivojlantirish uchun zarur bo„lgan muhim sharoit – yer, bino va inshootlarga investitsiya resurslari yetarli bo„lmagan sharoitda ham qulay ijara rejimida yangi biznesni tashkil etish va 3 yillik samarali faoliyat natijasida faoliyati yo„lgan qo„yilgan bino-inshootlarni “nol” qiymtda balansga qabul qilish imkoniyatni taqdim etadi. Nazorat uchun savollar: 1. O„zbekistonda KSZlari qachondan boshlab va qanday hujjatlar asosida tashkil etila boshlandi? 2. O„zbekistonda KSZlari nima maqsadda tashkil etiladi? 3. O„zbekistonda KSZlari respublikamizning qaysi hududlarida qancha miqdorda tashkil etilgan? 4. O„zbekistonda KSZlari faoliyatida qanday muammolar mavjud? 5. O„zbekistonda KSZlaridagi qulayliklar va imtiyozlar EIHlardagidan nimasi bilan farqlanadi? 6. O„zbekistonda KSZlari istiqboliga qanday baho berasiz? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling