Эркин иқтисодий ҳудудлар


Tavsiya etilayotgan adabiyotlar


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 
1. O„zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-apreldagi “Erkin iqtisodiy zonalar 
to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuni. 
2. O„zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi “Chet ellik investorlar 
huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 
Qonuni. 
3. O„zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-oktabrda qabul qilingan “Davlat 
bojxona xizmati to„g„risida”gi yangi tahrirdagi Qonuni. 
4. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin 
iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo„shimcha chora-
tadbirlar to„g„risida”gi PF-4853-sonli Farmoni. 
5. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin 


356 
iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish 
borasidagi qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi PQ-3356-sonli Qarori. 
6. Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni 
jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” 
nashriyoti, 2013. – 176 b. 


357 
IZOHLI LUG„AT (GLOSSARIY)
 

Aktiv – (lot. activus – faol, ta‟sirchan, ishchan) – 1) buxgalteriya balansining 
chap qismi, korxonaning muayyan sanada va pul ifodasida barcha vositalarini
ularning tarkibi va joylashuvini (asosiy fondlar, aylanma vositalar, pul vositalari
kapital sarflar, qarzdorlik talabnomalari va b.) aks ettiradi; 2) korxona yoki 
tashkilotning mulki yoki resurslari (bino, mashina, naqd pul, qimmatli qog„ozlar va 
b.). Pulga tez sotilishi (aylanishi) mumkin bo„lgan, bozori chaqqon aktivlar 
(veksellar, qimmatli qog„ozlar, oltin, naqd pul va b.) likvid aktivlar deyiladi. 
Aksiya – (frants. action – farmoyish; ruxsatnoma, faoliyat) – aksiyador jamiyat 
chiqargan qimmatli qog„oz. O„z egasining aksiyadorlar jamiyati kapitalida hissasi 
borligini va shunga muvofiq topilgan foydaning bir qismini dividend shaklida 
olishini, uni boshqarishda ishtirok etish huquqini tasdiqlaydi.
Aksiya kursi – aksiyaning bozor narxi. Aksiya kursi aksiya keltiradigan 
dividend miqdoriga to„g„ri mutanosib va bank foizi darajasiga teskari mutanosiblikda 
o„zgaradi. Aksiya kursi aksiya nominalidan (aksiyada ko„rsatilgan summadan) yuqori 
yoki past bo„lib, bu talab va taklifga bog„liq. Aksiya kursini emitent emas, bozor 
belgilaydi. Aksiya narxining birjada belgilanishi birja kotirovkasi deyiladi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling