Эркин иқтисодий ҳудудлар
-rasm. EIHlarda qo„llaniladigan imtiyoz turlari
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
4.4-rasm. EIHlarda qo„llaniladigan imtiyoz turlari
1. Bojxona (tashqi savdo) imtiyozlari bo„lib EIH maydonida mahsus bojxona tartibini (eksport import bojini kamaytirish yoki yo„q qilish) joriy etish va tashqi savdo operatsiyalarini soddalashtirilgan tartibini qo„llash. 2. Soliq imtiyozlari tadbirkorlarning belgilangan yunalishdagi faoliyati va aniq belgilangan ishlab chiqarish turlari bilan bog„liq soliq rag„batlantiruvi normalarini o„z ichiga oladi. Bu imtiyozlar soliq ta‟tillarini (besh yildan yigirma yilgacha), QQS solig„ini to„lashdan ozod etish, mahalliy soliqlardan ozod etish, foyda, ko„chmas mulk, mulk soliqlari, chet ellik xodimlarning daromadlaridan olinadigan soliqlar, foydani chet elga o„tkazishga to„lanadigan soliqlardan to„la yoki qisman ozod etilishini o„z ichiga oladi. Ayrim hollarda chet ellik investorlar uchun boshqa imtiyozlar ham ko„zda tutiladi, masalan investitsion ssudalar va investitsion dotatsiyalar. Investitsion ssudalar asosiy fondlarga nisbatan daromad solig„idan qo„shimcha chegirmalar ( 10-50%)dan iborat bo„lib, imtiyozli davr tugagandan keyin tadbiq qilinadi. Investitsion dotatsiya – yangi investorlarga qaytarib olmaslik sharti bilan beriladigan pul subsidiyalaridir. Bu subsidiyalar kapital qo„yilmalar hajmiga bog„liq bo„lib, odatda moliyaviy imkoniyatlari chegaralangan va past rentabelli korxonalarga beriladi. 3. Moliyaviy imtiyozlar o„z ichiga turli shakldagi subsidiyalarni oladi. Masalan, kamunal xizmatlarga pastrok tariflar, yer uchastkalari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishda ijara haqidan chegirma, imtiyozli kreditlar va hokazo. Bundan tashqari ko„pgina EIHlar muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatayotgan mamlakatlarda faqatgina erning imtiyozli ijarasi emas balki chet elliklarga erkin sotilishi ham qo„llaniladi. Chet elliklar tomonidan bu qabul qiluvchi tomonning jiddiy kizikishining na‟munasi sifatida qabul qilinadi. Bu chet el investorlari uchun muhim imtiyoz sifatida karaladi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling