Эркин иқтисодий ҳудудлар
Erkin iqtisodiy hududlarda imtiyozlar turlari (tashqi savdo, soliq
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
4.5. Erkin iqtisodiy hududlarda imtiyozlar turlari (tashqi savdo, soliq,
moliyaviy, ma‟muriy imtiyozlar) Hozirgi kunda, fan va texnika taraqqiyoti ta‟sirida xalqaro mehnat taqsimoti va ixtisoslashuvining chuqurlashib borishi XX asrning so„nggi choragida jahon xo„jalik tizimining rivojlanishida globallashuv va xalqaro integratsiya jarayonlarining jadallashuviga olib keldi. Buning natijasida milliy iqtisodiyotlarning jahon bozoriga bog„liqligi kuchaydi va tashqi iqtisodiy faoliyat iqtisodiy o„sish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning eng asosiy shartlaridan biriga aylandi. Mana shunday sharoitda har bir mamlakat o„zining iqtisodiy salohiyati va nisbiy afzalliklariga tayanib eksport salohiyatini oshirib borishga va shu orqali jahon xo„jalik tizimida o„ziga xos va munosib o„rin egallashga harakat qiladi. Jahon xo„jalik tizimi rivojlanishidagi bunday yangi tendensiyalar xalqaro iqtisodiy munosabatlarning turli shakllarini vujudga kelishiga va taraqqiy topishiga olib keldi. Ilmiy nashrlarda va xalqaro iqtisodiy tashkilotlar hisobotlarda turli xil imtiyozlar va yengilliklar taqdim etilgan zonalarni tavsiflashda “Erkin iqtisodiy zonalar” atamasidan foydalaniladi. Ko„plab mamlakatlarda qo„llaniladigan maxsus iqtisodiy qoidalar, dastaklar, maxsus mamuriy qonunlar ushbu hududlarni muayyan huquqiy va xo„jalik tartibidan ozod qilmaydi, balki, uni yyengillashtiradi, tadbirkorlikni rag„batlantiruvchi imtiyozlarni taqdim etadi. Jahon amaliyotiga ko„ra, turli mamlakatlarning o„z hududida EIHlarni tuzishda mahalliy va chet el kapitaliga bojxona, soliq va boshqa moliyaviy hamda ma‟muriy imtiyozlar taqdim etadi. Ma‟lum turdagi hududga ma‟lum turdagi imtiyoz va rag„batlar beriladi. Bu imtiyoz va rag„batlarni berishdan maqsad qandaydir aniq masalani hal etish (masalan, ishlab chiqarish infrastrukturasini ayrim turlarini jadal suratlar bilan tashkil etish) yoki ayrim turdagi faoliyatni rag„batlantirish (masalan, eksport ishlab chiqarishini yaratish, bank, informatsion xizmatlarni ko„rsatish va boshqalar), yohud EIHga investorlarning ma‟lum turini jalb etish (masalan, kichik yoki yirik kompaniyalar) dan iborat. Turli xildagi erkin iqtisodiy hududlarning umumiy xarakterga ega bo„lgan tomoni, qulay investitsion muhitni yaratishidadir. U o„z ichiga bojxona, moliyaviy, soliq imtiyozlarini oladi. EIH shu yoki boshqa mamlakatdagi faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun qabul qilingan umumiy rejimga nisbatan afzalliklarga ega. Har xil mamlakat hududidagi imtiyozlar va stimullar bir-biridan farq qiladi, ammo ular mohiyatan bir- biriga o„xshash. Erkin iqtisodiy hududni tashkil qilish natijasida paydo bo„lgan tajriba shuni ko„rsatadiki, ularning har biri uchun o„ziga mos keluvchi imtiyozlar va stimullar mavjud. Iqtisodiy adabiyotlarda imtiyozlarni to„rtta asosiy guruhga bo„lib ko„rsatishadi (4.4-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling