Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
4.5-jadval.
EIHlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda qo„llaniladigan imtiyozlar 52 Imtiyoz turlari Mamlakat Soliq imtiyozlari: kredit uchun; mulk uchun; ishlab chiqarish va savdo kompaniyalari shartnomalari uchun; sotish uchun; investitsiya uchun AQSh Import qilinadigan dastgohlarni bojxona to„lovlaridan ozod etish Ispaniya Xomashyo va dastgohlarni bojxona to„lovlarsiz kiritish Indoneziya, Malayziya, Filippin, Janubiy Koreya Kapitalni subsidiyalash Ispaniya Korporatsiyalar daromadlarini soliqdan ozod etish Fransiya, Buyuk Britaniya Aksiyalarga qo„llaniladigan soliqlardan ozod etish Belgiya Investitsiya zayomlari Buyuk Brtaniya Mahalliy, mulk soliqlaridan ozod qilish Buyuk Brtaniya Boshqa turdagi mahalliy soliqlardan ozod etish Ispaniya, Fransiya Ish bilan bandlikni rag„batlantirish: ish o„rinlarini yaratish uchun kreditlar; band bo„lganlarning ba‟zi turlarini rag„batlantirish; ishchilarni mutaxassislikka qayta o„qitish; xizmatchilarning ta‟lim olishi AQSh Nihoyatda zarur xorijiy mutaxassislar daromad solig„idan ozod etiladi Belgiya Investitsion fondlarni qo„llab kuvvatlash (ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun obligatsiyalarni chiqarish, imtiyozli kreditlar, kapital qiymatini oshirishga bo„lgan soliqni bekor kilish). AQSh Soliq ta‟tillari 3 yildan 5 yilga Indoneziya 52 Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 154. 128 Soliq ta‟tillari 8 yilgacha Malayziya Besh yillik soliq ta‟tillaridan so„ng darmad solig„i va mulk solig„ini 50% kamaytirish Janubiy Koreya Uchinchi mamlakatlarga eksport qilinayotgan tovarlar bojxona to„lovlaridan ozod bo„ladi va odatda ichki soliqka ham tortilmaydi, yani QQS, mahalliy soliqlar va mulk solig„idan ozod bo„ladi (agar mamlakat ichiga import qilinsa bu hamma soliqlar olinadi). Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqka tortish bo„yicha barcha boshqa qonunlar hamda atrof muhitni muxofaza qilish bo„yicha umumiy qoidalar, mehnat va soglikni muhofazasi, xo„jalik faoliyatini tashkil etish masalalari esa mamlakatning qolgan hududida qanday bo„lsa shundayligicha tadbiq qilinadi. Savdo-ishlab chiqarish hududlaridagi imtiyozlar faqatgina tadbirkorlik faoliyatini ustirishga yordam berish maqsadida emas, balki kapital oqimini boshqarish va mamlakat hamda uning alohida hududlarini iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorligidan kelib chikgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini ko„paytirishga qaratilgan. Eksport-ishlab chiqarish hududlarida eng ko„p qo„llaniladigan imtiyozlar quyidagilardan iborat: - eksport mahsulotini ishlab chiqarishda qo„llaniladigan xomashyo yarim tayyor mahsulotlar va tayyor maxsultlar import bojlaridan ozod etiladi; - eksport qilinayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan hamda mamlakat ichida mahsulot ishlab chiqarish uchun xarid qilingan tovarlar va xizmatlar bo„yicha to„lanadigan soliqlardan ozod qilinadi; - eksport-ishlab chiqarishida katnashayotgan korxonalarda soliq ta‟tili berish yoki foydadan to„lanadigan soliqdan qisman ozod etish. - komunal xizmatlar, idora xonalari, yer ijarasi bo„yicha to„lovlarga subsidiya berish va boshqalar. Import yo„nalishidagi ishlab chiqarish hududlarida imtiyozlar tizimi faqatgina eksportga qaratilgan hudulardagidan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilar iborat: - hududdan mamlakat ichiga kiritilayotgan tovarlar uchun bojlar va kvotalarni bekor qilish; - mamlakat ichiga yo„naltiriladigan tovarlar va xizmatlarni soliqlar orqali rag„batlantirish. Hududdan tashqaridagi korxonlar bilan aloqasini moliyaviy rag„batlantirish; - mahalliy xomashyo va materiallardan ishlab chiqarishda foydalanishni ma‟muriy yul bilan majburan ta‟minlash. Texnik-tadbiq etish hududlarida (texnopolislar va texnoparklar)da sanoati rivojlangan mamlakatlar amalda shu mamlakatda barcha investorlar va ishlab chiqaruvchilarga qo„llaniladigan imtiyozlarni taklif etadi. Bundan tashqari venchur kompaniyalariga, masalan, AKShda imtiyozli asosda yordam taklif etiladi, yani ishlab chiqarish va idora binolarini ijaraga berish, maslaxat xizmatlarini ko„rsatish, 129 individual ixtirolarni texnologik ekspertizasini amalga oshirish, kichik biznes bo„yicha ma‟muriyatdan qarz olishga kumaklashish va boshqalar. Yangi industrial mamlakatlarning texnopaklarida, masalan, Malayziya, Singapur, Tayvanda eksport mahsuloti ishlab chiqaradigan korxonalarga eksport- ishlab chiqarish hududlarida qo„llaniladigan imtiyozlar beriladi. Kompleks turlari EIHlarda bojxona, soliq, moliyaviy va ma‟muriy imtiyozlarning standart majmuasi qo„llanilib, ular u yoki bu hududda bajarilayotgan ishlarning ko„lamiga va yunalishiga qarab turib bir qadar o„zgarishi mumkin. Turli turdagi EIHlar uchun soliq va rag„batlantirishlarning optimal tizimini yaratish bir qadar murakkab masaladir. Hududning har bir turi uchun jahon tajribasi va mahalliy sharoitlardann kelib chiqqan holda imtiyoz va rag„batlantirishlarning alohida majmuasini yaratish lozim. Shu bilan birga EIH joylashgan mamlakatning davlat gaznasiga zarar etkazmaslik uchun imtiyozlar darajasi aniq belgilanishi lozim. Umuman olganda, imtiyozlarning qo„llanishi hisobiga ushbu regionning nisbiy afzalliklari yanada rivojlantirilishi kerak va aksincha, bu erda mavjud bo„lmagan rivojlanish omillarini kompensatsiya qilishi kerak emas. Alohida hududlarda amal qiladigan o„ziga xos imtiyozlar birikmasi va rag„batlar, transport infratuzilmasi rivojlanishini tezlashtirish yoki mahalliy xomashyoni qayta ishlab chiqib eksport qilishni yoki hududga investorlarning ma‟lum turini ( kichik yoki katta investorlarni) jalb qilish yoki yana boshqa xil kerakli masalalarni hal qilishga qaratilgan maxsus imtiyozlar bilan to„ldiriladi. Yuqorida qayd qilingan imtiyozlar turli xil kombinatsiyalarda ishlatilishi mumkin. Biroq, bularning barchasi shu hududda mavjud, amalda bo„lgan faoliyatlarga beriladigan nisbatan yengilliklarni amalga oshirish yo„li (instrumenti) sifatida xizmat qilishi kerak. Bu hududda mavjud bo„lmagan rivojlanish faktorini yaratishi kerak emas. Shuni ham unutmaslik kerakki, faqatgina soliq imtiyozlarini beribgina xorij kapitalini jalb qilib bo„lmaydi. Zamonaviy ko„lamlarda (masshtablarda) EIHning tarqalishida investitsion kafolat, infratuzilma sifati va ishchi kuchi malakasi, ichki bozorda arzon kredit olish imkoniyati va ma‟muriy jarayonlardagi oddiyliklar xorij kapitalani jalb qilishda ko„proq muhim omil sifatida qaralmoqda. Jahon tajribasi shuni ko„rsatadiki, xorij kapitalini jalb qilishdagi eng muhim omil – bu EIH tashkil qilinayotgan mamlakatdagi siyosiy barqarorlik hisoblanadi. EIHni tashkil qilish ma‟muriy jihatdan mashaqatli va anchagina moliyaviy mablag„ talab qiladi. Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Sharqshunoslik institutining ma‟lumotiga ko„ra, 26 ta davlatlarda tekshiruv o„tkazilgan va undan ma‟lum bo„lishicha, davlatlar 1 AQSh dollari xorij kapitalini jalb qilish uchun 4 AQSh dollariga teng miqdorda mablag„ sarflashgan. Xitoyda esa, o„tgan asrning 80 yillarining oxiriga kelib 4 ta erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilishga ketgan qo„yilmalar (o„z mablag„lari) 22 mlrd. AQSh dollaridan oshgan bo„lib, chet el investitsiyasi esa faqatgina 4 mlrd. AQSh dollari tashkil qilgan 53 . Shuning uchun ham erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish va ularni amaliyotda qo„llash bilan yoki hukumat tomonidan yaratilgan maxsus ma‟muriy tuzilma yoki davlat tashkilotlari 53 http://probib.narod.ru/ Predposilki i tseli sozdaniya SEZ, 2003. 130 shug„ullanadi. EIHlar dunyoning ko„pgina mamlakatlarida o„z samaradorligini ko„rsata oldi. Biroq, bir qancha mamlakatlarda EIHni tashkil qilishning va amalda qo„llashning uddasidan chiqa olmadilar yoki ular uzoq muddatgacha zararga ishlagan. Bularga mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy nobarqarorlik va tashkiliy masalalarning sustligi sabab bo„lgan. Siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, siyosiy inqirozning harbiy bosqichga o„tishi, mamlakatdagi holatning yomonlashuvi xorij kapitalining kelishi va barqaror faoliyat yuritishiga to„sqinlik qiladi. Xorijiy investitsiyalar ushbu davlatlardan chiqib ketadi. Bunday holat Liberiya, Gvatemala va boshqa ayrim davlatlarda yuz bergan. Erkin iqtisodiy hududning faoliyat yuritishi uchun kerak bo„lgan iqtisodiy holatga kerakli moddiy sharoitlarning yo„qligini ham kiritish mumkin. Bunday holat Filipinda yuz bergan. U erda bunga erkin iqtisodiy hududni yaxshi rivojlanmagan infrastruktura va yetarli darajada ishchi kuchi bo„lmagan hududda tashkil qilinganligi sabab bo„lgan. EIHning rivojlanishida to„sqinlik qiladigan holatlar qatoriga har xil tashkiliy kelishmovchiliklar ham kiradi. Ularga xorij kapitalini ro„yxatga olish jarayonlarining murakkabliligi, malakali, sifatli reklamaning mavjud emasligi va boshqalar kiradi. Rivojlangan (ishlab chiqarish rivojlangan) mamlakatdarda EIHlarni tashkil qilib, uni amaliyotda qo„llash natijasida bunday katta yutuqlarga erishganliklarining sababini, bir tarafdan ularning rivojlanishini boshlang„ich bosqichlarining yaxshi va puxta rejalashtirilganligi bo„lsa, ikkinchi tomondan hududlar bo„yicha boshqaruvning vaziyatga qarab moslashuvchanligida deb hisoblaydilar. Jahon xo„jaligidagi o„zgarib turuvchi vaziyatlar (ilmiy-tenika inqilobi, xalqaro korporatsiyalar o„rtasidagi o„zaro raqobatlashuv, xalqaro ayirboshlashda valyuta kurslarining o„zgarishi va boshqalar) EIHning rivojlanishiga o„z ta‟sirini o„tkazadi. EIHlarni tashkil qilish ijtimoiy- iqtisodiy tomondan ham sezilarli darajada o„z afzalliklariga ega. EIHlar anchagina ishchi joylarini yaratadi, xalqaro savdo almashinuvini jonlantiradi, tashqi savdo darajasini oshiradi, va boshqa afzalliklar yaratdi. Ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlardagi EIHlar faoliyati faqatgina dunyo bozoriga emas, balki, ichki bozorga ham qaratilgan. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi EIHlar bir qator umumiy tomonlarga va rivojlanish davrlariga ega. Shunday qilib, bu davlatlarda ko„proq eksport-ishlab chiqarish hududlari tarqalgan. Yuqorida ko„rsatib o„tilgandek, eksport-ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi bir qancha iqtisodiy sabablarga ko„ra aniqlanadi. Masalan, sanoatni rivojlantirish va sanoat mahsulotlarini eksportga ishlab chiqarishga bo„lgan talab, mamlakatga xorij kapitalini, ilg„or ilm-fan va texnologiyalarni, zamonaviy informatsion texnikalarni jalb qilish. Rivojlanayotgan davlatlardagi EIHlarda xo„jalik yuritishning o„ziga xos tizimi xorijiy tadbirkorlar uchun borgan sari erkinroq va imtiyozliroq bo„lib bormoqda. Bu holat hududlar o„rtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi, shundan kelib chiqqan holda, hududning boshqa shu kabi hududlarga nisbatan afzalliklarini ko„rsatishga bo„lgan urunishlar bilan bog„liqdir. EIHlarning ish jarayonida, ularning faoliyatining diversifikatsiyasi yuz beradi va har tomonlama rivojlanadi. Zamonaviy fan-texnika inqilobi birinchi darajaga shunday 131 EIHlarni qo„yadiki, ular yangi va yuqori texnologiyalarni yaratish bilan bog„liq bo„lgan, ishlab chiqarishning ko„p ilm talab qiladigan tarmoqlariga katta e‟tibor qaratadilar. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi EIHlarning qolgan territoriyalarga ta‟sir darajasi cheklangan. Bu xususiyat rivojlangan mamlakatlar uchun xos. U erda EIH qolgan territoriyalarga ta‟sir darajasi asosiy maqsad qilib belgilanmaydi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling