Mesozoa: orthonectida va dicymida tiplari: umumiy tavsiflari va filogeniyasi
Download 87 Kb.
|
MENDELNING UCHINCHI QONUNI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu parazit chuvalchanlarning 2 ta kenja sinfi bor. 1. Digenea s C
MESOZOA: ORTHONECTIDA VA DICYMIDA TIPLARI: UMUMIY TAVSIFLARI VA FILOGENIYASI Neodermata taksoni. Agar parazit yassi chuvalchanglarni bir kо‘rgan odam ulurni qandayligini bir umr unitmaydi. Chunki mushukni anal teshigidan chiqayotgan prazit lentasimon chuvalchangni urib (qisqarib-kengayib turuvchi) proglatidlarini yoki sigir jigarida yirik sо‘rg‘ichli joylashgan ayanchli manzarasini esda qolishi qiyin emas. Parazit yassi chuvalchanglarni amaliy ahamiyati shundaki ular iqtisodiy jihatdan о‘ta muhim bо‘lgan yovvoyi va uy hayvonlarini hamda odamgacha zararlydi. Birgina trematodalar keltirib chiqaradigan “shistosomoz” kasalligi bilan yer yuzida 300 mln aholi kasallangan. Parazit yassi chuvalchanglar evolyusiya jarayonida turbellariyalarni erkin yashovchi formalaridan “sо‘ruvchi halqum” va yangi belgi – qisman yoki butunlay yangi tipdagi qoplovchi hо‘jayraviy epidermis – “neodermis” yoki endoparazitizmga moslashish uchun butunlay kiprikchalardan ozod bо‘lgan – “tegument” qoplovchi “sinsitial” qavat shakllangan. Neodermata taksoni nomi ham shundan kelib chiqqan. insitial tashqi qavat shakllangan. Trematodalar yoki so’rg’ichlilar ikkita yopishish organi – so‘rg‘ichli parazit, yassi chuvalchang bo‘lib, baliqlar, qushlar, sut emizuvchi hayvonlarning turli organlarida, ba’zi turlari esa insonda parazitlik qiladi. Ular hazm organlarida, jigarda, o‘pkada, qon aylanish sistemasida, hatto nerv sistemasida parazitlik qiladi. Ulg‘aygan so‘rg‘ichlilarning kipriklari bo‘lmay, terisi yupqa kutikula bilan qoplangan sezuv organlari rivojlanmagan, hammasi xunosa; jinsiy organlari kuchli rivojlangan. Bu parazit chuvalchanlarning 2 ta kenja sinfi bor. 1. Digenea sC – eng katta gurux bo’lib katta iqtisodiy va meditsina ahamiyatga ega. 2. Aspidogastrea sC - kichik gurux, amaliy ahamiyati yo’q. Digenea sC – digenenetik sorg’ichlilar umurtqali hayvonlarni asosiy taksonlarni endoparaziti hisoblanadi .Bir qancha turlarni yirik shoxli qoramollar va odamda parazitlik qiladi. Ularning 11000 dan ortiq turi bor. Bular ichida Xitoy ikkiog’izlisi (Opisthorchis sinensis) uy hayvonlari, it va odam o’t pufagida uchraydi. Sharqiy Osiyoda 20 mln odam zararlangan. Voyaga yetganda 8 yilgacha yashaydi. 1 kunda 4000 tagacha tuxum qoyadi. Migratsiyasi “zararlangan hayvon - mollyuska - baliq – odam yoki uy hayvonlari”. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling