Jinsiy organlari – Gijjalarning jinsiy organlarini faqatgina “o‘rta” proglatidlarda ko‘rish mumkin. Urug‘ yo‘li bilan tuxum yo‘li ootipda birlashadi, ootip bachadonga ochiladi. Shu xilda tuzilgan jinsiy organlar har bir o‘rtacha proglatidda alohida bo‘lib, gijjalar jinsiy organlarining naqadar ko‘p va kuchli rivojlanganini ko‘rsatadi.
Rivojlanishi va tarqalishi - Gijja tuxumining rivojlanishi proglatiddagi bachadonda boshlanib, natijada 6 tirnoqli onkosfera lichinkasi yetishadi. Lekin uning so‘nggi rivojlanishi oraliq xo‘jayin – qora mollarning tanasida kechadi. Odamning ahlati bilan tashqariga chiqqan – yetilgan proglatidlar ichidagi tuxumlar tuproq yoki xashakka ilashib molning hazm organlariga o‘tadi va ichakda tuxum qopqoqchasi ochilib undan onkosferа ochilib chiqadi. Onkosferalar tirnoqchalari yordamida ichak devorlarini teshib qonga o‘tadi va qon oqimi orqali molning bosh, ko‘krak muskullari orasiga kelib to‘xtaydi (tuxum boshqa odam yoki hayvonga o‘tsa rivojlanmaydi). Bu yerda onkosfera tirnoqchalari yo’qoladi kattaligi moshga keladigan pufakcha “finna”ga aylanadi. Finna devori ichida (suyuqlik bilan to‘lgan) 4 ta so‘rg‘ichli bosh yetishadi. Bu bo‘lg‘usi gijjaning boshidir. Mana shunday finnalar saqlovchi mol go‘shti “finnoz go‘sht” yaxshi pishirilmasdan iste’mol qilinsa odamga yuqadi. Odam oshqozoni, ichagida finnadan boshcha va bo‘yin chiqib, 15-20 kunda voyaga yetadi va katta gijjaga aylanadi.
Neodermatalar filogeniyasi va kelib chiqishi.
Heodegmatalar kelib chiqishi va evolutsiyasi. Heodegmatalar erkin yashovchi to’g’ri ichakli kiprikli chuvalchanglarning endoparazitlikka moslashgan avlodlardan kelib chiqqan. Evalutsiya “Heodegmata – Trimatoda – Aspidogastrea – Digenea – Cegcomegomorpha – Monogenea - Cestoda ” yo’nalishida kelgan.
Mesozoa. Orthonectida va Dicemida tiplari umumiy tavsiflari va filogeniyasi.
Mezozoalar juda kichik parazit chuvalchanglar bo’lib, oddiy tuzilishga ega. Mezozoalarda ichak, selom, nefridiylar, qon aylanish, neyronlar rivojlanmagan. Bazi turlarda muskullar ham mavjud emas. Mezozoalarni 2 ta taksonidan: Ditsiemidlar (Dicemida) lar osminog va karakatitsalar nefridiyalilarda, ortonektidlar (Orthonectida) dengiz umurtqasiz hayvonlari tana bo’shlig’ida va to’qimalarda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |