Mesozoa: orthonectida va dicymida tiplari: umumiy tavsiflari va filogeniyasi
Download 87 Kb.
|
MENDELNING UCHINCHI QONUNI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Doktilogiruslar
- Ko‘p og‘izlilar
- Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfiga umumiy tavsif. Sestodalar yassi chuvalchanglarni tasmasimon chuvalchanglari nomi bilan mashhur, ancha tarraqqiy etgan toksoni bo’lib 3400
Gidrodaktiluslar o‘zining rivojlanishi bilan boshqalardan farqlanadigan baliq paraziti hisoblanadi. Birikish organida 2 ta katta va bir qancha mayda ilmoqchalar bor.
Bu chuvalchang tirik tug‘uvchi bo‘lib, har bir lichinkasining ichki qismida yana 2-3 avlod lichinkalari “joylashadi”. Gidrodaktiluslar karp va ba’zi karpsimon baliqlarning chavoqlarida parazitlik qilib, juda tez ko‘payadi va havza baliqchilik xo‘jaliklariga katta zarar yetkazadi. Doktilogiruslar mayda (1 mm gacha) chuvalchang. Bosh tomonida 4 ta ko‘zchasi va birikish organida 2 ta katta va 14 ta mayda ilmoqchalari bo‘ladi. Bu parazit karp balig‘ining chavoqlarida (teri va jabrasida) yashab, havza baliqchiligiga ko‘p zarar yetgazadi. Yopishqoq so‘ruvchilar. Bu 4-6 mm li parazit chuvalchanglar yoshligidan bir-biri bilan qiyasiga juftlashib yashashga moslashgan (agar bir-biri bilan juftlasha olmasa o‘ladi). Bu hol ularning jinsiy almashinib urchishiga yordam beradi. Paradoksalla shim (l yosh) balig‘i va ba’zi boshqa karpsimonlarda parazitlik qiladi. Ko‘p og‘izlilar ko‘l baqalarining siydik pufagi yoki itbaliqlarning jabrasiga yopishib yashovchi yirikroq (0,6-0,8 sm) chuvalchanglar. Birikish organida 6 ta katta so‘rg‘ichi (“og‘iz”) bo‘lishi xarakterlidir. Bosh tomonidagi og‘iz so‘rg‘ichining tubida og‘iz teshigi joylashgan. Bularning bahorda yetishgan lichinkalari itbaliqlar jabrasiga yopishib ulg‘ayadi. Agarda itbaliqda voyaga yetolmasa o‘sha itbaliq baqachaga aylanishi bilan uning siydik pufagiga “ko‘chadi” va shu organda voyaga yetib ko‘payadi. Demak, bu chuvalchanglar hayotida sharoitga qarab hayotini o‘zgartira olishi va ektoparazitlikdan entoparazitlikka ko‘cha olishi xarakterli. Tasmasimon chuvalchanglar (Cestoda) sinfiga umumiy tavsif. Sestodalar yassi chuvalchanglarni tasmasimon chuvalchanglari nomi bilan mashhur, ancha tarraqqiy etgan toksoni bo’lib 3400 turi endoparazitlik bilan hayot kechiradi. Ichak mavjud emas. Qoramol solityorining tuzilishi va hayoti. Voyaga yetgan mol gijjasi odamning ingichka (odamning) ichagida boshchasidagi so‘rg‘ichlari yordamida ichak devoriga yopishib hayot kechiradi. Gijjaning tasmasimon oqish tanasi 10-30 m ga borib, ingichkalashgan oldingi tomonining uchida kichkinagina boshcha yoki skoleks, uning ustki qismida esa yuqoriga yo’nalgan so‘rg‘ichlari bo‘ladi. Boshcha bo‘yin bilan tutashgan. Bo‘yin qismining doimiy rivojlanishi natijasida strobila yetishadi. Strobila turli hajmdagi proglotidlardan tuzilgan. Bo‘yindan pastga tushgan sari proglotidlar yiriklasha boradi. Strobilaning eng pastki qismida esa yirik (1,5 – 2 sm)li yetilgan proglotidlar joylashgan. Bu yetilgan proglatidlar vaqti-vaqti 1 ta 2 tadan uzilib turadi. Yetilgan 1 ta proglatidda 250 0000 tagacha urug‘langan tuxum bo‘ladi. Gijja tanasining usti-qalin kutikula qavati bilan qoplanib, у teri-muskul haltasi bilan tutashgan. Gijjaning hazm organlarining yo’qolganligi uchun ichakda oson hazm bo‘ladigan oziqni terisi bilan shilib oziqlanadi. Download 87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling