Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Transport va logistika sohasi, kommunikatsiya, ishlab chiqarish infratuzilmasi
transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, erkin iqtisodiy 
hududlar, tarmoq, raqobat. 


169 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1. O„zbekistonda so„nggi yilarda transport va logistika sohasini rivojlantirish 
borasida bir qator amaliy va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 2011-
2015 va 2015-2019 yillarga mo„ljallangan mazkur sohani rivojlantirishga oid davlat 
dasturlari qabul qilinib, hozirda navbatdagi dasturning yakunlanishiga erishilishi 
ko„plab imkoniyatlrani taqdim etishda muhim o„rin egallaydi. Bu esa EIHlar rivoji 
uchun ham juda muhimdir. 
2. O„zbekistonda ishlab chiqarish bilan birga muhandislik-kommunikatsiya va 
yo„l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirishga davlat darajasida e‟tibor 
qaratib kelinishi natijasida mazkur sohaning rivojlanishida qo„lga kiritilgan yutuqlar 
tobora ortib bormoqda. Shuning bilan birga, sohada hali hal etilishi lozim bo„gan 
muammolar ham o„z yechimini kutmoqda. 
3. O„zbekistonda 2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish 
va yuk tashishning tashqi savdo yo„nalishlarini diversifikatsiyalash asosida xalqaro 
tashuvni rivojlantirish maqsadida unga xizmat qiluvchi transport-logistika 
kompaniyalari davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash natijasida ular 01.01.2022 
yilgacha soliqning QQS, mol-mulk va yer solig„ini to„lashdan ozod etildi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. O„zbekistonda so„nggi yilarda transport va logistika sohasini rivojlantirish 
borasida qanday ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda? 
2. O„zbekistonda 2018-2021 yillarda transport infratuzilmasini takomillashtirish 
va xalqaro tashuvni rivojlantirish maqsadida unga xizmat qiluvchi transport-logistika 
kompaniyalariga qanday imtiyozlar taqdim etildi? 
3. O„zbekistonda so„nggi yilarda transport va logistika xizmatlarini ko„rsatish 
natijasida yuklarni tashkil hajmi, miqdori (aylanmasi) bo„yicha qanday ko„rsatkichlar 
qayd etilmoqda? 
4. O„zbekistonda transport va logistika xizmatlarini ko„rsatishdagi qulaylik va 
salbiy tomonlari, sizningcha, nimalardan iborat? 
5. O„zbekistonda transport va logistika xizmatlarini ko„rsatish sohasini yanada 
rivojlantirish qanday natijalarga olib keladi? 
6. Mamlakatimizda logistikani integratsiyali rivojlantirish tizimlarini joriy 
etishdagi asosiy ijobiy samaralar haqidagi fikringiz qanday? 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling