eramizdan avvalgi 166- yilda grek davlati Delosda birinchi marotaba hujjat
asosida, savdoni yengillashtarish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil qildilar.
Bu erkin iqtisodiy zonalar, Sharq va G„arb o„rtasidagi savdo aloqalarini
birlashtiruvchi vazifani bajargan. U erdagi savdogarlar soliqlardan, bojlardan va
ma‟muriy rasmiyatchiliklardan ozod etilgan.
XII-XIII asrlarda erkin savdo hududlari faoliyat yurita boshlagan. Erkin savdo
hududlari G„arbiy Divana daryosi bo„ylarida paydo bo„lgan. Bu daryo o„rta asrlarda
eng muhim savdo yo„liga aylangan. U Arab Xalifaligini sharqiy slavyan dunyosi
bilan bog„lagan. G„arbiy Dvina va uning yon atroflaridagi quruqliklar ham erkin
savdo hududlari deb e‟lon qilingan.
Yana bir qator olimlar “1547-yilda Italiyadagi Livorno shahri erkin savdo shahri
deb e‟lon qilingan va aynan shu birinchi erkin iqtisodiy hudud bo„lgan”
24
.
Ganzey bitimi o„zining gullagan vaqtida
oddiygina
iqtisodiy
hududlarning
paydo
bo„lishiga turtki bo„lgan. Bu esa G„arbiy va
Sharqiy
Yevropa
o„rtasidagi
savdo
munosabatlarining rivojlanishiga olib kelgan.
Ganzey bitimining rivojlanishining siri, u
yerdagi
yuk
tashishlarning
arzonligi
va
omborxona hamda tranzit hududlardan keng
foydalanganligi. Ganzey kemalari G„arbda
Lissabondan Sharqqa Revel (Tallina)gacha
suzishgan. XV asrlarning oxiriga kelib, Ganzey
bitimi kemalari hammasining umumiy yuk
ko„tara olishi hajmi 60 ming tonnadan oshgan.
Boshlang„ich erkin iqtisodiy hududlar deb,
daryo bo„yidagi yirik portlarda joylashgan
maxsus territoriyalar, temir yo„l zanjirlari, aeroportlar yoki ularga tegishli bo„lgan
24
Андрианов В.Д. Россия: экономический и инвестиционный потенциал. – М.: Экономика, 1999. – С.
467.
1.1-rasm. Italiyadagi Livorno
Do'stlaringiz bilan baham: |