Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

erkin savdo hududi


18 
rayonlar hisoblangan. Ular xorij mahsulotlarini olib kirish, olib chiqishda erkin va boj 
to„lovlaridan ozod qilingan, mamlakatning bojxona territoriyasidan ajratib olingan 
hududlardir. 
Bunday hududlar hozirgacha saqlanib kelgan. U yerda tovarlar chegaralangan 
yoki cheklanmagan muddatgacha omborxonalarda saqlanadi, taqsimlanadi, qayta 
taqsimlanadi va qayta ishlab chiqiladi, so„ngra shu mamlakat ichki bozoriga boj 
to„lovi bilan yetkaziladi yoki boj soliqlarisiz chetga olib chiqib ketiladi. 
Bunday iqtisodiy hududlardan foydalanish mol yetkazib beruvchilar uchun 
ancha qulay bo„lgan, chunki ular tovarga yetarlicha talab va albatta, unga mos 
ravishda narxning ham ko„tarilishini, tovarni sotmasdan kutib turish, mahsulotni 
ulgurji xaridorlarga taqdim etish imkoniga ega edilar. 
Keyinchalik esa “erkin portlar” tashkil qilingan, bu hududda tovarlar uchun 
xaridorlar topilgunicha, tovarlarga boj to„lovlari to„lanmasdan omborlarda saqlanishi 
mumkin bo„lgan. Dastavval “erkin portlar” ichki bozorni rivojlantirish uchun tashkil 
qilingan, keyin esa xalqaro savdoning rivojlanishiga qo„shilish maqsadida tashkil 
qilingan. “Erkin portlar” Genuyada (1595 y.), Venetsiyada (1661 y.), Marselda (1669 
y.), Rossiyada – Odessada (1817 y.), Vladivostokda (1862 y.), Batumida (1878 y.) 
tashkil qilingan
25
. Ular porto-franko nomi bilan mashhur. 
XX asrning boshlarida porto-frankolar Maltada, Sulinda, Singapurda, 
Adeneyada mavjud edi. Ikkinchi Jahon urushigacha 26 mamlakat va hududlar 
ishtiroki bilan 75ta erkin portlar va erkin savdo hududlar tashkil qilingan.
EIHlarning ikkinchi bor tug„ilishi, paydo bo„lishi XX asrning ikkinchi 
yarimlariga to„g„ri keldi. Ular rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda keng 
tarqala boshlagan, ularning izidan esa, anchagina kechikishlar bilan o„tish 
iqtisodiyotida bo„lgan mamlakatlarda tuzila boshladi. Bunga mustamlaka 
tuzumlarning qulashi natijasida iqtisodiy rivojlanish yo„liga yuzga yaqin mustaqil 
davlatlarning qo„shilishi; o„nlab integratsiya uyushmalarining tashkil topishi; yangi 
industrial mamlakatlarning jahon xo„jaligiga faol qo„shilishi; jahon sotsialistik 
tuzumining qulashi; ilmiy-texnika inqilobi rivojlanishi, dunyoda raqobatning va 
iqtisodiy jarayonlar erkinlashuvining kuchayishi kabi omillar sababchi bo„lgan.
EIHlarning ikkinchi bor tug„ilishi, paydo bo„lishi XX asrning ikkinchi 
yarimlariga to„g„ri keldi. Ular rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda keng 
tarqala boshlagan, ularning izidan esa, anchagina kechikishlar bilan o„tish 
iqtisodiyotida bo„lgan mamlakatlarda tuzila boshladi. 
Bugungi kunda dunyoning 140 dan ortiq davlatida 5 mingga yaqin EIHlar 
mavjud. Ularda 80 mln.dan ortiq kishi band va tashqi savdo aylanmasi 1,5 trln. AQSh 
dollaridan ziyod. YuNKTAD ma‟lumotlariga ko„ra: eng ko„p EIH AQShda – 266 
tani tashkil etadi. 
G„arbiy Yevropada birinchilardan bo„lib tashkil qilingan EIH 1959-yilda, 
Irlandiyadagi xalqaro Shennon aeroporti yaqinidagi eksport-ishlab chiqarish hududi 
edi. Hozirgi davrda bu hudud mamlakat rivojlanishi katta xissa qo„shadi. Bu hududda 
24 ming kishi ish bilan ta‟minlangan, u erda eksport uchun mahsulotlar ishlab 
chiqariladi, mamlakatning qoloq g„arbiy qismlari iqtisodiyotining yaxshilanishiga va 
25
 http://www.vlasovaandpartners.ru/ru/pub7_sez.shtml R. Laxreev SEZ 


19 
buning natijasida butun mamlakat rivojlanishiga olib keladi. 
EIHlar Buyuk Britaniyada, Germaniyada, Italiyada, Fransiyada va regionning 
boshqa mamlakatlarida ham EIHlar tashkil qilingan bo„lib, ular muvaffaqiyat bilan 
faoliyat yuritayapti. U erda ko„proq turli xildagi erkin savdo hududlari, ilmiy parklar 
va offshor markazlari tarqalgan.
Mintaqada keng tarqalgan erkin savdo hududlarining soni 120 ta atrofida. 
Italiyada misol uchun, erkin savdo hududining boj to„lovlaridan ozod etilgan 
omborxonalar faoliyat yuritadi. Ular Neapolda, Genuyada, Barida, Imperii, Livorno, 
Palermo va Rimda joylashgan. Buyuk Britaniyada esa EIHlar Liverpul, Birmingem
Kardif, Belfast aeroportlarida tashkil qilingan. Ko„pgina xalqaro aeroportlarda 
joylashgan, erkin iqtisodiy hududning turlaridan biri bo„lmish, boj to„lovlarisiz 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling