Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, xomashyo, raqobat, investor, samara, tarmoq, 
investitsiya, soliq, bojxona, valyuta, eksport. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1. O„zbekistonda so„nggi yillarda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga 
alohida e‟tibor qaratib kelinmoqda. Buning natijasida Davlat investitsiya dasturida 
ularni rivojlantirishga qaratilgan strategik ahmiyatga molik investitsiya loyihalarini 
amalga oshirishga alohida o„rin ajratilmoqda. Tashkil etilgan EIHlar viloyat, shahar 
va tumanlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, imkoniyatlari va salohiyatlarini hisobga 
olgan holda tegishli me‟yoriy hujjatlar asosida yaratildi va ularning har birining 
maqsad va faoliyat yo„nalishlari belgilab berildi. 
2. O„zbekistonda EIHlarga faoliyat muddatlari, imtiyozlari belgilab berilgan 
bo„lib, ular faoliyatini boshqarishda Ma‟muriy kengash va direksiyalar faoliyatini 
muvofiqlashtirildi hamda takomillashtirildi. O„z navbtida, ularning huquq va 
vakolatlari kengaytirilishi bilan birga, javobgarliklari yanada kuchaytirildi. Bu EIHlar 
rivojida muhim omildir. 
3. Bugungi kunda O„zbekistonda turli yo„nalishdagi EIHlar faoliyati yo„lga 


351 
qo„yilgan bo„lib, ular respublikamizning mavjud 14 ta hududining 12 tasida tashkil 
etildi. EIHlarnig eng ko„pi Toshkent viloyatida tashkil etilgan bo„lib, unda bugungi 
kunda 6 ta EIH faoliyat ko„rsatmoqda. Shuningdek, endilikda shahar hududlarida 
texnoparklarni tashkil etishga ham alohida e‟tibor qaratila boshlandi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. O„zbekistonda bugungi kunda nechta EIH nechta hududda tashkil etilgan? 
2. O„zbekistonning qaysi hududida eng ko„p EIH tashkil etilgan va sababi 
nimada? 
3. O„zbekistonda EIHlar faoliyat yo„nalishlari nimalardan iborat? 
4. O„zbekistonda tashkil etilgan EIHlarda qanday soliq, bojxona va ma‟muriy 
imtiyozlar mavjud? 
5. Bugungi kunda O„zbekistonda EIHlar rivoji uchun qanayd qulayliklar taqdim 
etilmoqda? 
6. O„zbekistonda EIHlar faoliyatini rivojlantirish uchun yana qanday chora-
tadbirlarni amalga oshirish lozim, deb hisoblaysiz? 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling