Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, kichik sanoat zonalari, infratuzilma, kichik biznes, 
texnologiya, investitsiya, sanoat, raqobat, tadbirkor. 


355 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1. Kichik sanoat zonalari – bu tadbirkorlik subyektlarini joylashtirishga 
mo„ljallangan, muhandislik-kommunikatsiya va infratuzilma obyektlarini, ma‟lum 
yer maydoni yoki ishlab chiqarish maydonini o„z ichiga oluvchi hudud. 
O„zbekistonda so„nggi yillarda KSZlarini tashkil etishga katta e‟tibor qaratilib, ular 
faoliyatini rivojlantirishda kichik biznes subyektlarini jalb etish asosida 
investitsiyalash, sanoatlashuv, ish bilan bandlik va modernizatsiyani rivojlantirishga 
erishish maqsadlari ko„zda tutilgan. 
2. O„zbekistonda KSZlarini tashkil etishga bundan bir necha yil oldin – 2014 
yildan e‟tibor qaratila boshlandi. Bunga O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2014-yil 3-iyuldagi PQ-2200-sonli Qarori, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 2014-yil 15-iyundagi 192-sonli hamda 2014-yil 31-dekabrdagi 378-
sonli Qarorlari muhim asos bo„lib xizmat qildi. Buningnatijasida bugungi kunda 
respublikamizning barcha hududlarida KSZlari tashkil etilib, faoliyat ko„rsatmoqda. 
3. O„zbekistonda KSZlari EIHlardan farqli ravishda katta iqtiyoz va 
imkoniyatlarga ega bo„lmasa-da, biroq, kichik biznesni rivojlantirish uchun zarur 
bo„lgan muhim sharoit – yer, bino va inshootlarga investitsiya resurslari yetarli 
bo„lmagan sharoitda ham qulay ijara rejimida yangi biznesni tashkil etish va 3 yillik 
samarali faoliyat natijasida faoliyati yo„lgan qo„yilgan bino-inshootlarni “nol” 
qiymtda balansga qabul qilish imkoniyatni taqdim etadi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. O„zbekistonda KSZlari qachondan boshlab va qanday hujjatlar asosida tashkil 
etila boshlandi? 
2. O„zbekistonda KSZlari nima maqsadda tashkil etiladi? 
3. O„zbekistonda KSZlari respublikamizning qaysi hududlarida qancha 
miqdorda tashkil etilgan? 
4. O„zbekistonda KSZlari faoliyatida qanday muammolar mavjud? 
5. O„zbekistonda KSZlaridagi qulayliklar va imtiyozlar EIHlardagidan nimasi 
bilan farqlanadi? 
6. O„zbekistonda KSZlari istiqboliga qanday baho berasiz? 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling