Эркин иқтисодий ҳудудлар


Aksiyador – aksiyaning egasi, undan naf ko„ruvchi yuridik va jismoniy shaxs.  Aksiyadorlik jamiyati


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Aksiyador – aksiyaning egasi, undan naf ko„ruvchi yuridik va jismoniy shaxs. 
Aksiyadorlik jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga 
binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. 
Aksiyadorlik kapitali – aksiyadorlik jamiyatining kapitali, sherikchilik asosida 
tashkil topgan korporativ mulk hisoblanadi. 
Aksiyalarning nazorat paketi – aksiya egasiga aksiyadorlik jamiyatida 
amaldagi hukmronlikni ta‟minlaydigan aksiyalar miqdori; chiqarilgan aksiyalarning 
umumiy summasida bir shaxs, kompaniya yoki davlatning yirik hissasi. Aksiyador 
jamiyatning yig„ilishida hal qiluvchi ovozga ega bo„lish huquqini beradi. 
Amortizatsiya (lot. amortisatio – qoplash) – asosiy kapital (fondlar) 
amortizatsiyasi – asosiy kapital (mashina, mexanizmlar, jihozlar, binolar, 
inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayonida eskirishi va ayni paytda ular qiymatining 
muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlarga o„tib borishi.
Amortizatsiya ajratmalari – mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar 
amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta‟mirlash va 
yangilash) va to„liq tiklash fondlarini yaratishga xizmat qiladi. 
Amortizatsiya fondi – 1) amortizatsiya ajratmalari hisobiga shakllanadigan 
maxsus fond; 2) mahsulotning tannarxi tarkibiga kiritiladigan amortizatsiya 
ajratmalari hisobidan korxonada shakllantiriladigan pul mablag„lari fondi. 
Asosiy kapital – kapitalning asosiy ishlab chiqarish vositalari (mashina, asbob-
uskuna, ishlab chiqarish binolari va uskunalari)ni o„z ichiga oluvchi, iqtisodiy 
jihatdan o„z qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda 
o„tkazib boruvchi qismi.
Asosiy fondlar – ishlab chiqarishga uzoq muddat xizmat qiladigan, o„z natural 
buyum shaklini uzoq vaqt o„zgartirmagan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha 


358 
bor qatnashadigan mehnat qurolari va vositalari. 
Axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‟i nazar shaxslar, predetlar, 
faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to„g„risidagi ma‟lumotlar; 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling