Investitsiya dasturi – respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat
resurslaridan oqilona foydalanish yo„li bilan respublika ayrim tarmoqlari va
mintaqalarini tarkibiy o„zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini
amalga oshirishga yo„naltirilgan bir-biri bilan o„zaro bog„langan chora-tadbirlar
majmui. O„zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi respublikani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish istiqbolining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya
siyosatining ustuvor yo„nalishlarini aks ettiradi.
Investitsiya muhiti – 1) investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar
darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui;
2) xorijiy investitsiyalarning risklilik darajasini va ulardan mamlakatda samarali
foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va
ijtimoiy omillar yig„indisi.
Investitsiya obyekti – mahsulotni ishlab chiqarish bo„yicha investitsiya
loyihasida ko„zda tutilgan barcha muhandislik kommunikatsiyalar, ishlab chiqarish
texnologiyasi va uskunasini hisobga olgan ishlab chiqarish kompleksi.
Investitsiya siyosati – investitsiya faoliyatini jonlantirish, iqtisodiyotni
yuksaltirish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ijtimoiy muammolarni hal
qilish maqsadida iqtisodiy subyektlar uchun qulay xo„jalik yuritish sharoitlarini
yaratishga qaratilgan maqsadli tadbirlar majmui.
Investitsiya faoliyati – 1) iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga
resurslarning kapitallashuvini ta‟minlash va foyda (daromad) olish maqsadida
investorlarning resurslarni jamg„arish va ularni turli shakllarda qo„yish bilan bog„liq
bo„lgan barcha amaliy harakatlari yig„indisi; 2) investitsiya faoliyati subyektlarining
investitsiyalarni amalga oshirish bilan bog„liq harakatlari majmui.
Do'stlaringiz bilan baham: |