Moliyaviy investitsiyalar – mulkka egalik qilish va mulkdan daromad olish
bilan bog„liq bo„lgan aksiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog„ozlar orqali
qo„yilmalar kiritish.
Moddiy boylik, moddiy ne‟mat – muayyan insoniy ehtiyojlarni qondiradigan
narsa, hodisa, mehnat, mahsulot; milliy boylikning tarkibiy qismi.
Moddiy ishlab chiqarish – jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun zarur bo„lgan
moddiy ne‟matlarni yaratish jarayoni.
Moddiy resurslar – iqtisodiyot taraqqiyoti va ishlab chiqarish jarayoni uchun
zarur bo„lgan moddiy-ashyoviy ne‟matlar yig„indisi, moddiy-ashyoviy shakldagi
iqtisodiy resurslar.
Modernizatsiya, modernizatsiyalash, modernizatsiya qilish (frants. moderne –
eng yangi, zamonaviy) – biror narsani yangilash, unga zamonaviy tus berish, uni
zamonaviy talablarga muvofiq o„zgartirish. Modernizatsiya qilishda mashina,
apparat, turli texnologik qurilmalar, muhim kashfiyotlar texnika taraqqiyoti
talablariga muvofiq qayta ishlanadi.
Moliya – maqsadli pul fondlarini hosil etish, jamlash, taqsimlash va ishlatish
yuzasidan paydo bo„ladigan iqtisodiy munosabatlar; pul oqimlari harakati. Moliya
pul munosabatlari sifatida iqtisodiyotda muhim vazifalarni bajaradi: taqsimlash
vazifasi; rivojlantirish vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi; axborot berish vazifasi;
nazorat vazifasi.
Moliya yili – birinchi yanvardan o„ttiz birinchi dekabr kuni oxirigacha bo„lgan
vaqtni o„z ichiga oluvchi davr.
Monitoring – (ingl. monitoring – kuzatish, nazorat qilish) – ma‟lum bir hodisa
yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasida qo„llaniladigan monitoring berilgan
ssuda (qarz)ni qoplash va unga foiz to„lash jarayonining borishi ustidan nazorat
qilishda namoyon bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |