Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mas‟uliyati cheklangan jamiyat
- Milliy valyuta
- Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi
Majburiy zahira talabi – tijorat banklari jalb qilgan mablag„laridan ma‟lum bir
qismining Markaziy bankning zahira fondiga o„tkazilishi. Marketing xizmatlari – maxsus tayyorgarlik ko„rgan marketologlar guruhi, uyushmasi, bo„limi va boshqarmasining faoliyat majmui. Mas‟uliyati cheklangan jamiyat – a‟zolari jamiyat majburiyatlari bo„yicha faqat o„zlari qo„shgan ulush doirasida javobgar bo„ladigan jamiyat. Maqsadli soliq imtiyozlari – xo„jalik yurituvchi subyekt tomonidan davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlarining bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq kreditidan farqli ravishda o„zaro manfaatdorlik (o„zaro foydalilik) asosida mintaqaviy budjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya hokimiyati organlari tomonidan har qanday korxonaga berilishi mumkin. Milliy valyuta – bu muayyan mamlakatda muomalada yuruvchi va tanho to„lov vositasi deb qabul qilingan puldir. Har bir milliy valyutaning boshqa valyutaga almasha olish xususiyati valyuta konvertatsiyasi deyiladi. To„liq konvertirlanuvchi va qisman konvertirlanuvchi valyutalar bo„ladi. Valyutalarning konvertirlanish darajasi mamlakat iqtisodiyotining ochiqligi, uning rivojlanganligi va eksport salohiyatiga bog„liq bo„ladi. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi – halol raqobat sharoitida jahon bozori talablarini qondiruvchi, iqtisodiy o„sish va turmush sifatini oshirishni ta‟minlaydigan tovarlarni ishlab chiqarish va xizmatlar ko„rsatish hamda o„rta va uzoq muddatga iqtisodiy o„sishning yuqori sur‟atlarini ta‟minlab turish qobiliyati. 368 Mikrolizing – mikromoliyaviy xizmatlar ko„rsatuvchi tashkilotlar (tijorat banklari va boshqa kredit muassasalari) tomonidan lizing oluvchining topshirig„iga binoan uchinchi tarafdan mol-mulk olish hamda uni egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga shartnomada belgilangan shartlar asosida haq evaziga berish nazarda tutiladigan xizmat. Mikrolizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun «Mikromoliyalash to„g„risida»gi hamda «Lizing to„g„risida»gi qonun hujjatlariga muvofiq eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada beriladi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling