365
quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarish;
ishlab
chiqarishni zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlash; mahalliy resurslar
asosida ishlab chiqarishga innovatsiya
texnologiyalarini joriy etish; ishlab
chiqarilayotgan mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab
chiqarish xarajatlarini
pasaytirish va resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy
etish; chiqitsiz va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.
Ishlab chiqarish samaradorligi – korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat,
iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi,
olingan iqtisodiy
samaraning muayyan qiymatga ega bo„lgan resurslarni qo„llagan holda eng yuqori
ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab bo„lgan ishlab chiqarish omillari, resurslar
sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari – korxonaning
mahsulot ishlab chiqarish
maqsadlarida iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari.
Iqtisodiy kontsentratsiya – xo„jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar
guruhining
ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning
holatiga ta‟sir ko„rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish.
Iqtisodiy faol aholi – milliy xo„jalikda band bo„lgan
barcha kishilar bilan bir
qatorda ish qidirayotgan mehnatga layoqatli aholi. Ular iqtisodiy jihatdan faol va
tegishli faoliyatda qatnashishi mumkin, biroq, daromad oladigan manbalari kam yoki
mablag„lari yo„qligi tufayli bu faoliyatni amalga oshira olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: