Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lizing to„lovlari
- Lizing obyektlari
L
Lizing (ingl. lease foydalanish) – 1) mashina, asbob-uskuna, transport vositalari, ishlab chiqarish inshootlarini uzoq muddatli ijaraga olish; uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar eksportini kreditlashning shakllaridan biri; 2) ijara munosabatlarining alohida turi bo„lib, unda bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig„iga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va 367 foydalanish uchun lizing oluvchiga o„n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Lizing to„lovlari – lizing beruvchining lizing obyektini olish uchun qilgan xarajatlarining hammasi yoki ko„p qismi, shuningdek, lizing obyektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog„liq bo„lgan boshqa xarajatlari lizing oluvchi tomonidan qoplanishi hamda lizing beruvchining daromadi. Lizing to„lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo„lib-bo„lib to„lanadi. Lizing to„lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi. Lizing obyektlari – tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste‟mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan, korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko„char va ko„chmas mulklar. Litsenziya – u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo„jalik ishlab chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma‟lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilishga davlat yoki boshqaruv mahalliy organlarining rasmiy ruxsati. M Markaziy bank – mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank «banklarning banki» bo„lib, pul muomalasini tartibga solishda va budjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling