Sug„urta kompaniyasi – 1) sug„urta faoliyatini amalga oshirishga
ixtisoslashgan yuridik shaxs, sug„urta xizmatlari bozorining professional
ishtirokchisi; 2) sug„urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, ya‟ni sug„urta hodisasi
ro„y bergan chog„da sug„urtalangan shaxsning zararlarini qoplash majburiyatini
o„ziga oluvchi tashkilot.
Sug„urta mukofotlari (to„lovlari) – sug„urta qilinuvchilar tomonidan
sug„urtalovchilarga to„lanadigan badal pullari bo„lib, ularning miqdori va hisoblash
tartibi sug„urta shartnomasi bilan belgilanadi va ham so„m, ham chet el valyutasida
to„lanadi.
Sug„urta polisi, sug„urta vasiqasi – sug„urta shartnomasi yuridik kuchga
kirganini, sug„urta qiluvchi tomonidan beriladigan va sug„urta to„g„risidagi
shartnomani tasdiqlaydigan hujjat.
Sug„urta faoliyati – sug„urta bozori professional ishtirokchilarining sug„urtani
amalga oshirish bilan bog„liq faoliyati.
T
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – tadbirkorlik faoliyati subyektlari
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o„z
mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
Tannarx – mahsulot ishlab chiєarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko„rsatishda
foydalaniladigan moddiy resurslarning, asosiy fondlarning, mehnat resurslarining,
shuningdek, tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko„rsatish jarayonini
amalga oshirish uchun zarur bo„lgan boshqa turdagi xarajatlarning qiymat bahosi.
Tannarx buxgalteriya hisobi to„g„risidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Tashuvchi – bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga
oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas‟ul shaxs.
Tashqi iqtisodiy faoliyat – O„zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy
shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek, xalqaro
tashkilotlar bilan o„zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o„rnatish va rivojlantirishga
qaratilgan faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |