Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR


Unitar korxona – mulk egasi tomonidan o„ziga birkitib berilgan mulkka egalik 
qilish huquqi berilmagan tijorat tashkiloti ko„rinishidagi davlat yoki mahalliy 
boshqaruv idoralari korxonasi. Unitar korxona o„z majburiyatlari bo„yicha o„ziga 
tegishli jami mol-mulki bilan javob beradi, lekin, mol-mulk egasi majburiyatlari 
bo„yicha javobgar emas.
Ustav kapitali – aksiyadorlik jamiyati ustavida qayd etilgan pul ifodasidagi 
dastlabki, boshlang„ich kapital. Ustav kapitali aksiyalar sotishdan tushumlar, 
ta‟sischilarning xususiy qo„yilmalari va davlat qo„yilmalari hisobidan yuzaga keladi. 
Ustav kapitaliga badallar faqat pul mablag„lari ko„rinishida emas, balki mulk 
shaklida, masalan, imoratlar, er, shuningdek, intellektual mulk obyektlari: patentlar
litsenziyalar, loyihalar shaklida ham bo„lishi mumkin. Ustav kapitali balansning 
passivida qayd etiladi. 
Ustav fondi – ta‟sischilar – ishtirokchilarning o„zlari tashkil etgan kompaniya, 
xo„jalik jamiyatiga dastlabki kiritgan va doimiy ulush hisoblanadigan moddiy va pul 
mablag„lari majmui. Ustav fondi kompaniyaning xo„jalik faoliyatidan olinadigan 
foyda hisobiga ko„payib borishi mumkin. Ustav fondi kompaniya, jamiyatning asosiy 
va aylanma mablag„lari qiymatini tashkil etadi. 
Uchinchi shaxslar – fuqarolik huquqida, bevosita fuqarolik huquqiy 
munosabatlarida ishtirok etmaydigan, lekin, vujudga kelgan huquqiy munosabatda 
muayyan darajada huquq va majburiyat tug„diradigan subyektlar.

Favqulodda holatlar – taraflarning xohish-irodasi va harakatlariga bog„liq 
bo„lmagan, tabiat hodisalari (zilzila, ko„chkilar, bo„ron, qurg„oqchilik va boshqalar), 
boshqa tabiiy ofatlar yoki ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatlar (urush holati, qamal holati, 
davlat manfaatlarini ko„zlab importni hamda eksportni taqiqlash va boshqalar) 
keltirib chiqargan muayyan sharoitlardagi favqulodda, oldini olib bo„lmaydigan va 
kutilmagan holatlar bo„lib, qabul qilingan majburiyatlar shular tufayli bajarila 
olmaydi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling