Xalqaro iqtisodiy munosabatlar – mamlakatlar va hududlar o„rtasidagi,
xalqaro tashkilotlar va korporatsiyalar ishtirokidagi xo„jalik aloqalari tizimi.
Xalqaro kredit – davlatlar, banklar, firmalar, bir mamlakatdagi jismoniy va
yuridik shaxslar tomonidan boshqa mamlakatlar hukumatlari, banklari, firmalariga
beriladigan kreditlar.
Xalqaro konvensiya – xalqaro shartnoma turlaridan biri; davlatlarning, odatda,
biron-bir ixtisoslashgan sohada o„zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Xarajatlar, sarf-xarajatlar, chiqimlar – tovarlarni ishlab chiqarish va muomala
jarayonida turli resurslar (xomashyo, materiallar, mehnat, xizmatlar, mablag„lar)
sarflari bilan bog„liq chiqimlarning pul shaklidagi ifodasi. Asosan, ishlab chiqarish va
muomala xarajatlariga bo„linadi.
Xususiy korxona – mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va
boshqariladigan tijoratchi tashkilot. Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining
tashkiliy-huquqiy shaklidir.
Xususiy mulk – ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor
iqtisodiyotidagi xilma-xil mulklar orasidagi yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning
obyekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer,
suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xo„jaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul
mablag„lari, transport vositalari, turar-joy, iste‟mol tovarlari, mehnat qobiliyati,
ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, san‟at va adabiyot
asarlari va boshqalar bo„lishi mumkin.
Xususiy sektor – iqtisodiyotning xususiy mulkchilik va xo„jalik yuritishning
erkin bozor usullariga, iqtisodiy alohidalashuviga asoslangan sohasi. Bozor
iqtisodiyoti davlat va nodavlat sektorlaridan iborat. O„z navbatida, nodavlat sektori
xususiy va jamoa sektorlariga bo„linadi. Xususiy sektor nodavlat sektorining bosh
bo„g„ini.
Do'stlaringiz bilan baham: |