Эркин иқтисодий ҳудудлар


Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib 
o„tish – tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yohud 
ushbu hududdan olib chiqish. 
Tovarlarning erkin muomalasi – bojxona hududida tovarlarning belgilangan 
taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi. 
Tovarni chiqarib yuborish – bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini 
yakunlovchi va ma‟lum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda 
tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini 
ifodalovchi harakati. 
Transmilliy 
korporatsiya 
– 1) xorijiy aktivlarga ega bo„lgan, 
operatsiyalarining kamida ¼ qismini mamlakat tashqarisida, o„zi ro„yxatga olingan 
chet mamlakatda amalga oshiradigan yirik korporatsiya; 2) bosh kompaniya bir 
mamlakat kapitaliga tegishli bo„lgan kompaniya; 3) xorijiy aktivlarga ega bo„lgan 
milliy monopoliyalar; 4) filiallari dunyo bo„ylab tarqalib ketgan kompaniyalar. 
Tratta – (ital. tratta – o„tkazma veksel) – tashqi savdodagi asosiy hisob-kitob 
hujjati. Kreditorning qarzdorga (odatda, bankka) yozma buyrug„i. Unda bankning 
uchinchi shaxs (remitent – taqdimchi)ga yoki trattani taqdim qilganga muayyan 
summadagi pulni to„lashi ko„rsatiladi. 
To„lov balansi – ma‟lum bir davr mobaynida mamlakat tomonidan xorijga 
to„langan to„lanmalar va xorijdan olingan to„lovlar o„rtasidagi nisbat. O„z ichiga 
tegishli davrda mamlakat tovarlari eksporti va importi qiymatlarini ifodalovchi savdo 


374 
balansini, xizmatlar balansini va notijorat to„lovni oladi. Bularning barchasi joriy 
operatsiyalar bo„yicha to„lov balansini shakllantiradi. Mamlakatning umumiy to„lov 
balansi joriy operatsiyalar bo„yicha to„lov balansi, kapitallar va kreditorlar harakati 
balansi, shuningdek, oltin va valyuta zahiralari harakati balansidan tashkil topadi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling