Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
Fan-texnika taraqqiyoti – fan bilan texnikaning o„zaro bog„liq, yagona,
ilgarilab boruvchi taraqqiyoti. Firma – (ital. firma – imzo) – korxona, kompaniya, xo„jalik va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni, mulk shakllari, huquqiy holati va boshqalarga ko„ra xilma-xil firmalar bor. Foizlar – har qanday turdagi qarz talablaridan olingan daromad, shu jumladan, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog„ozlar, shuningdek, depozit qo„yilmalar va boshqa qarz majburiyatlaridan olingan daromad. Foyda – tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni 375 ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortgan qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xo„jalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy ko„rsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta‟minlaydi. Fond bozori, qimmatli qog„ozlar bozori – moliya bozorining qimmatli qog„ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug„ullanadigan sohasi. Fond bozorining asosiy vazifasi: investitsiyalarni, ya‟ni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika ravnaqiga zarur investitsiya mablag„larini to„plash hamda taqsimlash; qimmatli qog„ozlar paketlaridan foydalangan holda mulk egaligini o„zgartirish; qimmatli qog„ozlar oldi-sotdisi yo„li bilan bozorni qayta taqsimlash; qimmatli qog„ozlar chiqarish yordamida davlat qarzini moliyalashtirish va boshq. Fyuchers (lot. futurus – kelajak) – tovar yoki fond birjalarida xomashyo tovarlari, oltin, valyuta, qimmatli qog„ozlarni amalda bo„lgan narxlarda, lekin, yetkazib berish va haqini keyingi kelishilgan muddatlarga qoldirish bilan oldi-sotdi qilish bo„yicha bitishuvlar. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling