Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Erkin savdo zonalari – konsignatsiya omborlarini, erkin bojxona zonalarini, 
shuningdek, tovarlarga ishlov berish, ularni o„rash-joylash, saralash, saqlash 
zonalarini o„z ichiga oluvchi zona. Erkin savdo zonalari chegaraga tutash punktlarda, 
aeroportlarda, temir yo„l uzellarida yoki O„zbekiston Respublikasi bojxona 
hududining boshqa joylarida tuziladi. 
Yu 
 
Yuk operatsiyalari – bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) 
transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan 
o„rovlarini to„g„rilash, ularni o„rash, qayta o„rash va tashish uchun qabul qilish. 
Yuridik shaxs – fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari 
hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. O„zbekiston Respublikasi fuqarolik 
qonunchiligiga ko„ra, yuridik shaxs o„z mulkida, xo„jalik yuritishida yoki operativ 
boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo„lgan hamda o„z majburiyatlari yuzasidan 
ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o„z nomidan va mulkiy va shaxsiy nomulkiy 
huquqlarga ega bo„la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni 
bajara oladigan, sudda da‟vogar va javobgar bo„la oladigan tashkilotdir.
Yuridik shaxslardan olinadigan soliq – qo„shilgan qiymat solig„i, korxona va 
tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq, aksizlar, yo„l fondini 
shakllantirish uchun manba sifatida foydalaniladigan soliqlar, korxona mol-mulki 
solig„i, er uchun to„lovlar, reklama solig„i, birjada amalga oshirilgan bitimlardan 


379 
olinadigan yig„im, mahalliy auktsion va lotoreyalarni o„tkazish huquqi uchun 
litsenziya yig„imi, boshqa soliq, yig„im va majburiy to„lovlardan iborat. 
Ya 
 
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan davr 
davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko„rsatkich. Mamlakat hududida 
joylashgan barcha korxonalar (chet el va qo„shma korxonalari ham shu hisobga 
kiradi) jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va 
xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi bo„lib, uning miqdori milliy hisoblar 
tizimi asosida hisoblab chiqiladi. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling