Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR


 
Hisob stavkasi, hisob foizi stavkasi, qayta moliyalashtirish stavkasi – markaziy 
banklarning tijorat banklari rezervlarini to„ldirish va ularning o„z mijozlariga bank 
xizmatlari ko„rsatish uchun beradigan kreditlariga belgilaydigan foiz stavkasi; tijorat 
banklari Markaziy bankdan olgan kredit resurslari uchun to„laydigan haq. Hisob 
stavkasi bozor mexanizmidagi g„oyat muhim iqtisodiy vosita, davlatning pul 
siyosatida qo„llaniladigan kuchli iqtisodiy dastak. Hisob stavkasi pul bozoridagi 
talabga ta‟sir ko„rsatishning asosiy vositasi hisoblanadi. Iqtisodiyotda o„sishni 
tezlatish maqsadlarida hisob stavkasi pasaytiriladi yoki aksincha, iqtisodiyotda o„sish 
jadallashib, tovarlarni sotish qiyinlashganda o„sishni sekinlashtirish uchun hisob 
stavkasi oshiriladi. Hisob stavkasiga pul bozoridagi talabdan tashqari kutiladigan 


381 
inflyatsiya darajasi ham ta‟sir ko„rsatadi. Inflyatsiyadan ko„riladigan yo„qotish hisob 
stavkasini oshirish orqali qoplanadi. Masalan, me‟yordagi hisob stavkasi 4 % bo„lib, 
inflyatsiya 3 % darajasida kutilsa, amaldagi hisob stavkasi 7 %ni tashkil etadi. 
Markaziy bankning hisob stavkasi qancha yuqori bo„lsa, tijorat banklari o„zlari 
taqdim etadigan kreditlar uchun oladigan foizi shu qadar yuqori bo„ladi.
Hisobotkorxonalar, tashkilotlar, kompaniyalar tomonidan o„z faoliyati 
to„g„risida davriy (oy, chorak, yil) va belgilangan shaklda tuziladigan, davlat, 
statistika va moliya organlariga taqdim etiladigan axborot, ma‟lumotlar, hisob-kitob 
hujjatlari. 
Hukumat – davlatning oliy kollegial organi. Hukumat turli mamlakatlarda 
turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar 
Mahkamasi (Buyuk Britaniya, O„zbekiston) va h.k. O„zbekistonda hukumat Vazirlar 
Mahkamasi deb nomlanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalariga rahbarlik qiladi. 
Hukumat tarkibi Prezident tomonidan shakllantiriladi. 


382 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling