Portfel investitsiyalar – kapitalni korxonalar qimmatli qog„ozlariga (korxona
ustav kapitalining 10 %dan kam qismini) joylashtirish (investorlarga ular faoliyatini
bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi).
Potensial xavf – aniqlanmagan, lekin uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar
mavjud bo„lgan xavf.
Preferensiya – 1) investitsiya va innovatsiya xarajatlarini moliyalashtirish
uchun investitsion soliq krediti va maqsadli soliq imtiyozi ko„rinishida belgilangan
imtiyoz, yengillik; 2) iqtisodiyotni maqsadga muvofiq rivojlantirish va tartibga
solishda ayrim soha va tarmoqlar, korxona va ishlab chiqarish turlariga nisbatan
beriluvchi imtiyoz, afzallik va ustuvorliklar.
Pudrat shartnomasi (rus. podryad – bir yo„la) – fuqarolik-huquqiy bitim, unga
ko„ra, bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig„iga binoan,
muayyan ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda
topshirish majburiyatini oladi. Buyurtmachi ish natijasini qabul qilib olish va buning
uchun haq to„lash majburiyatini oladi.
R
Raqobat –
xo„jalik
yurituvchi
subyektlarning
(raqobatchilarning)
musobaqalashuvi bo„lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining
tovar yoki moliya bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir
tomonlama tartibda ta‟sir ko„rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi.
Real investitsiyalar – xo„jalik subyektining operatsion faoliyatini amalga
oshirish va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishi bilan bog„liq aktivlarni
yaratishga sarflangan kapital.
Rezidentlar – kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam bo„lmagan
muddatda yashagan, O„zbekistonda doimiy yashash joyiga ega bo„lgan va bo„lmagan
soliq to„lovchilar. Shu mamlakatning rezidentlarining daromadlari shu mamlakatda
soliqqa tortilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |