Korxonaning innovatsiya salohiyati – korxonaning yangiliklarni joriy qilish
yordamida bozor sharoitlarida faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida
korxonaning o„ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan rivojlanish qobiliyati.
Korxonaning innovatsiya salohiyati tashkilotning ichki innovatsiya jarayonidagi
barcha bosqichlarning (ijtimoiy mehnat va resurslarning sarf me‟yorlari asosida) bir
maromda kechishiga imkon beradi.
Kredit (lot. creditum – qarz, credo – ishonaman) – pul mablag„lari, tovar va
xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to„lab qaytarib berish sharti bilan ma‟lum
muddatlarga qarzga berish. Qarzga mablag„ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank,
korxona, xususiy shaxs va boshq.), ssuda oluvchi tomon debitor (qarzdor) deyiladi.
Kredit kelishuvi qarzdan foydalanish shartlari qayd etilgan shartnoma bilan
rasmiylashtiriladi. Kredit muomalasi qarz beruvchi va qarz oluvchi o„rtasidagi
iqtisodiy munosabatdir. Lekin, har qanday qarz munosabati ham kredit bo„la olmaydi.
Kredit munosabatida olingan mablag„ qaytarib berilishi, foydalanilgani uchun haq
(kelishilgan foizda) to„lanishi, muddatli, ma‟lum tovar va nomoddiy aktivlar bilan
ta‟minlangan bo„lishi, maqsadli ishlatilishi shart.
Kreditga layoqatlilik – xo„jalik yurituvchi subyektlarning qisqa va uzoq
muddatli qarzlar va ular bo„yicha foizlarni o„z vaqtida qaytara olish, qarzga xizmat
ko„rsatishni ta‟minlay olish imkoniyatidir. Korxona qanchalik kreditga layoqatli,
to„lovga qobilli bo„lsa, u shunchalik bankrotlikdan himoyalangan hisoblanadi.
Kurs bo„yicha farq – milliy valyutaga nisbatan chet el valyutasi kursining
o„zgarishi munosabati bilan chet el valyutasida amalga oshirilgan operatsiyalarda
vujudga keladigan (ijobiy, salbiy) farq.
Ko„chmas mulk – er bilan mustahkam bog„liq bo„lgan yer maydonlari, alohida
bo„lgan suv obyektlari, o„rmonlar, ko„p yillik o„simliklar, binolar, inshootlardan
iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |