REJA - 1. Investitsiyalar korxonaning ishlab chiqarish salohiyati rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida.
- 2. Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo`nalishlari.
- 3. Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligini baholash.
- 3. Investitsion faoliyat statistikasi
Investitsiyalar korxonaning ishlab chiqarish salohiyati rivojlantirish va mustahkamlash vositasi sifatida - Korxonalar xo`jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jihatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo`nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to`g’risida” gi qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
- Investitsiyalar korxonalar va xalq xo`jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg’or texnika va texnologiyalarni o`zlashtirish, mahsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko`paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag’lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste`mol bozorini ta`minlashda alohida e`tiborga ega.
Investitsiya loyihasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o`z ichiga oladi: - investitsiyaviy g’oya(fikr)ni shakllantirish;
- g’oyaning dastlabki asoslanishi;
- loyihada ko`zda tutilgan texnik qarorning tahlili;
- sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish;
- investitsiya loyihasi bo`yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish;
- axborot memorandumini tayyorlash.
Korxonalarda investitsiyalashning asosiy manbalari va yo`nalishlari - Investitsiyalardan (kapital qo`yilmalardan) foydalanishning asosiy yo`nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
- yangi qurilish;
- korxonani kengaytirish va qayta tiklash;
- ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta qurollantirish;
- harakatdagi quvvatlarni takomillashtirish.
- yangi qurilishga yangi maydonlarda maxsus ishlab chiqilgan loyihalar asosida quriluvchi korxona, bino, inshoot va qurilmalar mansubdir.
- Faoliyat yuritayotgan korxonani kengaytirish qo`shimcha ishlab chiqarish majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyiha asosida qurish yoki asosiy, qo`shimcha, yordamchi va xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi. U asosan, faoliyat yuritayotgan korxona hududida yoki unga tutash maydonlarda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |