Эркин иқтисодий ҳудудлар


Anklav hududlar, odatda, mamlakatning shunday maydonida tuziladiki, u


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Anklav hududlar, odatda, mamlakatning shunday maydonida tuziladiki, u 
tabiiy jihatdan (alohida orol, yarim orol sifatida) boshqa hududlardan ajralgan 
bo„ladi. Ammo, ular shahar ichida ham yaratilishi mumkin. EIHning mamlakat 
territoriyasidan alohidalik darajasi unda amal qiluvchi iqtisodiy, huquqiy va bojxona 
reglamentlari bilan aniqlanadi. EIH faoliyati to„g„ri tashkil etilsa, u egallagan maydon 
mamlakatning qolgan iqtisodiyotidan ajralgan, ya‟ni anklav bo„lmaydi, aksincha
boshqa regiondagi korxonalar bilan chuqur kooperatsiya aloqalari o„rnatib, ular 
uchun o„ziga xos “tashqi dunyoga eshik” rolini bajaradi. EIHning anklavlik 
xarakteri mamlakatning bozorga qarab harakati va ochiq iqtisodiyot yarata 
borishi bilan yo„qolib boradi. Bozor iqtisodiyotiga qarab taraqqiy qilib borar ekan, 
mamlakat ichida xo„jalik yuritish shart-sharoiti jahon bozoridagi shart-sharoitga 
yaqinlashib boradi. Buning oqibatida EIH funksiyalari modifikatsiya bo„ladi. 
2. Integratsion tarzdagi EIH, bunda milliy iqtisodiyot va tashqi bozor bilan 
kuchli bog„langan bo„lib, faoliyat yuritish tartibining ancha erkinligi bilan farq qiladi. 
Integratsion xarakterdagi hududda aktiv gorizontal aloqalarni rivojlantirish xarakterli 
bo„lib, hududdan tashqari bo„lgan xo„jalik subyektlari faoliyati bilan tig„iz o„zaro 
ta‟sir etish tamoyili hududning faoliyat mexanizmida qo„yilgan. Integratsion hududlar 
milliy va jahon xo„jaligi bilan uzviy bog„langan, faoliyat yuritishda erkinroq tartibga 
ega bo„ladi. Agar anklav hududlar rivojlanayotgan mamlakatga xarakterli 
bo„lsa, integratsion hududlar rivojlangan iqtisodiyotga ega bo„lgan, xalqaro 
mehnat taqsimotida faolroq qatnashgan mamlakatlar uchun xarakterlidir
Integratsion hududlar kuchli internatsionallashgan bozor iqtisodiyotlariga mos 
hisoblanadi. 
Integratsion hududlar birlamchi anklav xarakterda tashkil etilgan, tranzit 


77 
savdoga xizmat qiladigan holatda tashkil etiladi. Keyinchalik hududda subyektlarning 
xo„jalik faoliyati diversifikatsiyalashib boradi. Integratsion hududlarda mamlakatning 
qolgan territoriyasiga nisbatan soddalashtirilgan iqtisodiy va huquqiy tartib 
o„rnatiladi. 
EIHlar xo„jalik faoliyatining shakli va mohiyatiga qarab: monofunksiyali va 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling