79
mahsulot, ishlab chiqarish, texnologiya, .
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar:
1. Jahon amaliyotida mavjud EIHlar faoliyatidan kelib chiqib,
ularning tashkil
etilish va faoliyat ko„rsatish xususiyatlariga qarab, guruhlanishi
va tasniflanishi
kuzatiladi. Bu esa EIHlarning o„ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda alohida
guruhlarga ajratib o„rganish, baholash va tegishli
xulosalar chiqarishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
2. Iqtisodiy va ilmiy adabiyotlarda EIHlarning bir qancha turlari mavjudligi
keltirib o„tilgan. Shunga ko„ra, ularga alohida mezonlar va sifatlar bo„yicha tasniflash
bo„yicha tadqiqotlar natijalari bugungi kunga qadar
ilmiy bahs va munozalaraga
sabab bo„lib kelmoqda. Zero, EIHlarning o„ziga xos xususiyatlari ularga turlicha
yondashuvlar asosida tasnifiy baho berishga ham sabab bo„lmoqda.
3. Yuqorida keltirilgan EIHlarni tasnifiy belgilari ularni ma‟lum va o„xshash
xususiyatlari bo„yicha ma‟lum, alohida guruhlarga ajratish imkonini bersa-da, biroq,
ular faoliyati mustaqil va o„ziga xos munosabat talab
etuvchi xarakterni saqlab
qolaveradi.
Nazorat uchun savollar:
1. EIHlarni tasniflashdan maqsad nima?
2. Erkin iqtisodiy hududlarning alohida mezonlari bo„yicha tasnifiga nimalar
kiradi?
3. Anklav hududlar deganda qanday hududlarni tushunasiz?
4. Integratsiyalashgan hududlar deganda qanday hududlarni tushunasiz?
5. Aralash hududlar qanday hududlar sanaladi?
6. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga qanday omillar ta‟sir ko„rsatadi?
3.2. Erkin iqtisodiy hududlarning asosiy turlari sifatida savdo hududlari
xususiyatlari. Savdo erkin iqtisodiy hududlari turlari: erkin savdo hududi, erkin
Do'stlaringiz bilan baham: