Эркин иқтисодий ҳудудлар
Anklav hududlar, odatda, mamlakatning shunday maydonida tuziladiki, u
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- “tashqi dunyoga eshik”
Anklav hududlar, odatda, mamlakatning shunday maydonida tuziladiki, u
tabiiy jihatdan (alohida orol, yarim orol sifatida) boshqa hududlardan ajralgan bo„ladi. Ammo, ular shahar ichida ham yaratilishi mumkin. EIHning mamlakat territoriyasidan alohidalik darajasi unda amal qiluvchi iqtisodiy, huquqiy va bojxona reglamentlari bilan aniqlanadi. EIH faoliyati to„g„ri tashkil etilsa, u egallagan maydon mamlakatning qolgan iqtisodiyotidan ajralgan, ya‟ni anklav bo„lmaydi, aksincha, boshqa regiondagi korxonalar bilan chuqur kooperatsiya aloqalari o„rnatib, ular uchun o„ziga xos “tashqi dunyoga eshik” rolini bajaradi. EIHning anklavlik xarakteri mamlakatning bozorga qarab harakati va ochiq iqtisodiyot yarata borishi bilan yo„qolib boradi. Bozor iqtisodiyotiga qarab taraqqiy qilib borar ekan, mamlakat ichida xo„jalik yuritish shart-sharoiti jahon bozoridagi shart-sharoitga yaqinlashib boradi. Buning oqibatida EIH funksiyalari modifikatsiya bo„ladi. 2. Integratsion tarzdagi EIH, bunda milliy iqtisodiyot va tashqi bozor bilan kuchli bog„langan bo„lib, faoliyat yuritish tartibining ancha erkinligi bilan farq qiladi. Integratsion xarakterdagi hududda aktiv gorizontal aloqalarni rivojlantirish xarakterli bo„lib, hududdan tashqari bo„lgan xo„jalik subyektlari faoliyati bilan tig„iz o„zaro ta‟sir etish tamoyili hududning faoliyat mexanizmida qo„yilgan. Integratsion hududlar milliy va jahon xo„jaligi bilan uzviy bog„langan, faoliyat yuritishda erkinroq tartibga ega bo„ladi. Agar anklav hududlar rivojlanayotgan mamlakatga xarakterli bo„lsa, integratsion hududlar rivojlangan iqtisodiyotga ega bo„lgan, xalqaro mehnat taqsimotida faolroq qatnashgan mamlakatlar uchun xarakterlidir. Integratsion hududlar kuchli internatsionallashgan bozor iqtisodiyotlariga mos hisoblanadi. Integratsion hududlar birlamchi anklav xarakterda tashkil etilgan, tranzit 77 savdoga xizmat qiladigan holatda tashkil etiladi. Keyinchalik hududda subyektlarning xo„jalik faoliyati diversifikatsiyalashib boradi. Integratsion hududlarda mamlakatning qolgan territoriyasiga nisbatan soddalashtirilgan iqtisodiy va huquqiy tartib o„rnatiladi. EIHlar xo„jalik faoliyatining shakli va mohiyatiga qarab: monofunksiyali va Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling