Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chegaralarni belgilash va faoliyat
- Tashkil etish xarakteri bo„yicha Ma‟muriy territorial birlik Tarmoq korxonasi Geografik joylashuv bo„yicha
Necha
mamlakat territoriyasida joylashishiga qarab Monomillatli hudud Xalqaro hudud Jahon bozoriga ochiqligiga qarab Anklav hudud Integratsion hudud Tadbirkorlik xususiyatiga qarab Ochiq sektorni shakllantiruvchi hudud Depressiv tumanni rivojlantirish hududi Iqtisodiy markaz tusidagi hudud Tashqi savdo hududi Funksional hudud Kompleks hudud Chegaralarni belgilash va faoliyat Yopiq 73 yuritish tartibiga qarab Ochiq Iqtisodiy ixtisoslashuv bo„yicha Erkin savdo hududi Tadbirkorlik hududi Eksport-sanoat hududi Ilmiy park Kompleks hudud Tashkil etish xarakteri bo„yicha Ma‟muriy territorial birlik Tarmoq korxonasi Geografik joylashuv bo„yicha Ichki hudud Tashqi hudud Zonalashtiriluvchi obyekt xarakteri bo„yicha Lokal Kompleks Quyida yuqorida keltirilgan turkumlash mezonlariga birma-bir to„xtalib o„tamiz. Xo„jalik faoliyatining tashkiliy shakllari bo„yicha hududlar ikkiga bo„linadi: territorial va funksional (yoki tartibli). 1. Territorial hududlar alohida ajratib olingan maydonda faoliyat yuritadi va u erdagi barcha rezident-firmalar xo„jalik tartibi imtiyozlaridan foydalanadilar. 2. Funksional hududlar katta bir hududda yoki kichik bir mamlakatda ma‟lum bir faoliyat turini rag„batlantirish maqsadida tuziladi. Joylashgan joyidan qat‟iy nazar faqatgina imtiyozli sohada faoliyat yurituvchi korxonalargina xo„jalik tartibi imtiyozlaridan foydalanadilar. Hudud maydonining kengayish yoki kengaymasligiga qarab ikki xili ajratiladi: kengaymaydigan, ya‟ni vaqt o„tgani bilan maydoni o„zgarmaydigan hududlar va kengayadigan hududlar, ya‟ni taraqqiy qilib borishi bilan maydoni kengayadigan hududlarni ajratish mumkin. Jahon va milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuv darajasiga qarab hududlar ikki turga bo„linadi: 1. Ekstravertiv – tashqi bozorga mo„ljallangan EIH. 2. Intravertiv – milliy iqtisodiyotga integratsiyalashgan EIH. Tarmoq belgisiga qarab EIHlarni aniq turkumlash kiyin, chunki, EIHlarning bir qismigina aniq bir tarmoqqa ixtisoslashgan (masalan, bank ishiga, turizmga, neftni qayta ishlashga, qishloq xo„jaligiga va h.k.), ular, ko„pincha, bir necha tarmoqlarga ixtisoslashgan bo„ladi. Bundan tashqari, universal bo„lgan EIHlar ham mavjud, ya‟ni hududda iqtisodiyotning ko„plab sohalari, tarmoqlari rivojlangan bo„lishi mumkin. Mulkchilik xarakteriga qarab EIHlarni quyidagicha turkumlash mumkin(qaysi mulk hukmron pozitsiyaga egaligiga qarab): 1. Davlat mulki. 2. Xususiy mulk. 3. Aralash (hududda ishlayotgan kapitalga bog„liq). Iqtisodiy motivatsiyasiga qarab EIHlarni 2 ta katta guruhga bo„lish mumkin: - tadbirkorlik hududlari; - erkin iqtisodiy hududlar. Tadbirkorlik hududlari – regional siyosatning qurolidir, ular tadbirkorlarga 74 (birinchi navbatda, kichik biznes vakillariga) faoliyat yuritishda katta erkinlik va anchagina moliyaviy imtiyozlar berish orqali depressiv regionlarda kichik biznesni jonlashtirishga qaratilgan bo„ladi (AQShdagi tadbirkorlik hududlari). Erkin iqtisodiy hududlar esa to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni kiritishga mo„ljallangan ma‟lum maydonlardir. Albatta, hududlarning bunday bo„linishi shartlidir, chunki, real hayotda ular, ko„pincha, qo„shilib ketgan holda uchraydi. EIHlarni yaratish maqsadiga qarab ham shartli ravishda 2 xil bo„lishi mumkin: 1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish va jahon bozori bilan integratsiyani kuchaytirishga qaratilgan bo„lishi mumkin (masalan, bojxona hududlari, erkin savdo hududlari, eksport ishlab chiqarish hududlari);. 2. Mamlakat ichida ma‟lum bir faoliyat turi yoki ishlab chiqarish soha, tarmoqlarini rivojlantirishni rag„batlantirish, maxsus tartibni yaratishga qaratilgan bo„lishi mumkin (agropolislar, texnopolislar, erkin tadbirkorlik hududlari, turistik hududlar va sh.k.). Yaratilajak EIHning turi – uni yaratish maqsadlari, ixtisoslik yo„nalishi hamda xo„jalik yuritishning alohida sharoitlariga bog„liq bo„ladi. EIHlar shakllarining evolyutsiya jarayoni nuqtai nazaridan 4 avlodga bo„linadi: 1. Birinchi avlod – erkin savdo, bojxona hududlari. 2. Ikkinchi avlod – eksport ishlab chiqarish. 3. Uchinchi avlod – texnopark, texnopolis, offshor markazlar. 4. To„rtinchi avlod – ekologik-iqtisodiy regionlar, tor ixtisosli hududlar. Birinchi avlod EIHlar, asosan, tijorat faoliyatiga mo„ljallangan (bojxona hududlari, erkin savdo hududlari). Bu turdagi hududlar qisqa muddat ichida birlamchi kapitalni yig„ishga imkon beradi. Keyinchalik, bu yig„ilgan kapitalni ishlab chiqarish sohasiga qayta investitsiyalash mumkin bo„ladi. Shu asosda EIHlarning ikkinchi avlodini (savdo-ishlab chiqarish hududlari, sanoat-ishlab chiqarish hududlari) yaratishga shart-sharoitlar yaratiladi. Uchinchi avlod EIHlar esa innovatsion faoliyatga tayanadi, ya‟ni fan-texnikada yangiliklarni yaratish va ularni tezda ishlab chiqarishga tadbiq etishga mo„ljallangan hududlardir (texnopark, texnopolis, ilmiy park kabilar). Hozirgi paytda EIHlarning to„rtinchi avlodi tor sohaga ixtisoslashib bormoqda yoki butun bir rayonni o„z ichiga olmoqda. Hozirgi zamonda EIHlar oilasida ikkinchi avlod hududlari markaziy o„rin egallaydi. Ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish bozorlari nuqtai nazaridan hududlar uchga ajratiladi: 1. Importni o„rnini bosuvchi (ichki bozor uchun ishlaydi). 2. Eksport (tashqi bozorga ishlaydi). 3. Aralash (ikkala bozorga ishlaydi). Qo„yilgan maqsad va bajaradigan vazifalariga qarab EIHlarni quyidagi tuslarga ajratiladi: 1. Erkin savdo hududlari, erkin portlar, tranzit hududlar, bojsiz omborlar va bojxona hududlari. Ular bojxona to„lovlarini bekor qilish (yoki yumshatish), hududga keluvchi va undan reeksport qilinuvchi tovarlarni eksport-importi nazoratini yumshatishga (ayrim holda bekor qilishga) asoslangan. Ular tashqi savdo, transport, tovarlarni saqlash kabi muolajalarni bajarishda yuqori foyda olishga qaratilgandir. 75 Bu hududlarni tashkil etishda birlamchi yirik investitsiya talab qilinmaydi, faoliyatni boshqarishda va mamlakat iqtisodiyotining qolgan qismi bilan o„zaro ta‟sirda murakkab mexanizmlarga ham hojat yo„q). 2. Eksport ishlab chiqarish hududlari. Ular eksportga mo„ljallangan ishlab chiqarishni rivojlantirishga mo„ljallangan. Bu hududlar nafaqat imtiyozli savdo va bojxona tartibini qo„llashgan asoslangan, balki imtiyozli moliyalashtirish, imtiyozli soliq tartibi (shu jumladan, xorijiy kapital uchun)ni ham qo„llaydilar Eksport ishlab chiqarish hududlari, o„z navbatida quyidagi tuslarga ajratiladi: 2.1. Eksport hududlar. 2.2. Eksport-importni o„rnini almashtirish hududlari. 2.3. Importni o„rnini almashtirish hududlari. 3. Funksional yoki tarmoqli hududlar. Bular turizm, sug„urta, bank, offshor hududlar va soliq gavanlaridir (ayrim funksiyani yoki faoliyatni amalga oshirishda imtiyozli tartibga ega bo„lgan sanoat hududlaridir). Shveytsariya, Lyuksemburg, Gonkong, Singapur, Baxrayn, Kayman orollari bank faoliyatiga ixtisoslashgan offshor markazlardir. Lixtenshteyn va Shveysariyada offshor xolding kompaniyalar ko„p bo„lsa, sug„urta firmalari Men, Terks, Gernsi, Kaykos, Bermud orollarida ko„p. Offshor dengiz kompaniyalari esa Beliz, Gibraltar, Panama, Liberiyada ro„yxatga o„tishni ma‟qul ko„rishadi. 4. Texnik tadqiqot hududlari (texnoparklar, texnopolislar, ilmiy-ishlab chiqarish parklari) funksional hududlarning bir ko„rinishi bo„lib, yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va qo„llashda, bilim ko„p talab qiladigan mahsulotni yo„lga qo„yish va uning eksportini oshirishga turli xil imtiyozlarni beradi. Bu kabi hududlar infrastruktura uchun birlamchi yirik kapital mablag„lari qo„yishni talab qiladi. Moliyalashtirish turli xil manbalardan: davlat budjeti, mahalliy budjet, qarz mablag„lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin. Ular davlatning tadqiqot markazlari va sanoatning ilm ko„p talab qiladigan tarmoqlarida faoliyat yurituvchi korxonalarning o„ziga xos kompleksidir. Ularning shartli ravishda 3 modelini farqlash mumkin: A) Amerika modeli (AQSh, Buyuk Britaniya); B) Yapon modeli (Yaponiya) va S) aralash model (Fransiya, Germaniya). Tajriba shuni ko„rsatadiki, ilmiy parklarning ko„pchiligi mahalliy hukumatlar tomonidan tashkillashtirilgan. Qurilish, infrastrukturani jihozlash, tashkil etish uchun zarur bo„lgan mablag„ning 75 % ini ular berishgan. Har bir EIHning hayot tsikli o„ziga xos bo„lib, u, nafaqat, region xususiyati yoki EIHning turi, tusiga bog„liq, balki, iqtisodiy, ijtimoiy, demografik rivojlanish xususiyatlariga, siyosiy tuzilishga va boshqa ko„plab omillarga bog„liq. Qaysi sohalarga yoki tarmoqlarga xizmat ko„rsatish nuqtai nazardan hududlarni uchga ajratishadi: 1. Savdo. 2. Sanoat. 3. Funksional yoki xizmat ko„rsatish sohasi. 76 Hudud maydonining kattaligiga qarab ham turkumlanadi: 1. Mikrohudud – bir korxona, portga imtiyozli xo„jalik tartibi berish. 2. Mezohudud – ma‟muriy bir rayonning bir qismini o„z ichiga olgan, aniq bir chegarasi bo„lgan (“Shennon” EIH kabi) erkin iqtisodiy hudud. 3. Makrohudud – mamlakatning butun bir rayoni, shahri yoki kichik bir mamlakatda joylashgan erkin iqtisodiy hudud. Hudud necha mamlakat territoriyasida joylashganiga qarab esa: 1. Monomillatli hudud, ya‟ni bir mamlakat ichida joylashgan hudud. 2. Xalqaro hudud, ya‟ni ikki va undan ortiq mamlakat o„rtasidagi hudud hisoblanadi. Turli mamlakatda bo„lishidan qat‟i nazar unda bir xil o„yin qoidalari va adekvat xo„jalik yuritish imtiyozlari mavjud bo„ladi. Milliy iqtisodiyot bilan o„zaro ta‟siriga qarab yoki boshqacha aytganda jahon bozoriga ochiqligiga qarab hududlar quyidagi ikki turga ajratiladi: 1. Anklav tarzidagi EIH, bunda u eksportga va valyuta tushumi olishga mo„ljallangan. Anklav xarakterdagi hududda mamlakatning qolgan qismi bilan aloqa qilish uchun yopilgan, biroq tashqi aloqalar uchun ochiqdir. Anklav xarakterdagi hudud integratsion hududning antipotidir, u asosan, erkin, konvertli valyuta oqimini oshirish maqsadida yaratiladi. Anklav hududlar faqat tashqi bozorga mo„ljallab ishlab chiqarishni tashkil etadigan hududlardir. Anklav xarakterda bo„lgan EIH milliy iqtisodiyotga samarali ta‟sir eta olmaydi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling