Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

1) Ilmiy park (Science park). U universitet va ilmiy markazlar yonida qurilgan 
bo„ladi. Ularning asosiy maqsadi ilmiy taraqqiyotni yanada rivojlantirish, hech 
qanday moddiy tovar ishlab chiqarmaydi. U yetarlicha katta hudud bo„lib, unda turli 
o„lcham va rivojlanish bosqichidagi fan sig„imkorligi yuqori, ilm ko„p talab 
qiladigan firmalar joylashgan bo„ladi. Ular unchalik katta bo„lmagan ishlab 
chiqarishni mahalliy ilmiy-tadqiqot markazlarining ilmiy-texnologik izlanishlari 
asosida yo„lga qo„yish imkonini beradi. 
2) Innovatsiya markazi (Innovation centre). Bunday markaz asosiy maqsadi 
markazdan tashqarida ishlovchi, lekin, bozorda o„z o„rniga ega bo„lgan tadbirkorlarni 
(texnologiya, moliya va savdo-sotiq savollarga javob berish) qo„llab-quvvatlashdan 
iborat. U iqtisodiy tarkibi uncha katta bo„lmagan hudud doirasida kichik, yangi 
tashkil etilgan kompaniyalar uchun mo„ljallangan. 
3) Tijorat parki (Commercial park). Bunday park o„z nomi bilan ishlab 
chiqarish, ko„riklar tashkil etish, tayyor tovarga qo„shimchalar kiritish bilan 
shug„ullanadi.
4) Texnologik qutb (Tehnology polus). Bu o„zidan jiddiy tuzilishga ega zonani 
namoyish etadi. Yuqori malakali ishchi kuchi, inkubator xizmatlari, bank va boshqa 
xizmat turlarini o„z ichiga oladi. 
5) Texnologik hudud (Tehnology zircum). Bu yuqoridagi zonaning barcha 
xususiyatlari va rivojlangan qism, shunigdek, ilmiy parkni o„z ichiga oladi. 
6) Tijorat inkubatori (The business-incubator). Sanoat parkidan farqli o„laroq, 
bu hudud qayta tashkil etilgan korxonalar ishini qayta rivojlantirish uchun xizmat 
qiladi. Ularning ixtiyoriga yaxshi haq evaziga korxona ijarasi va qo„shimcha 
xizmatlar (telefaks, kompyuter, komunikatsiya va h.k) menejmentni qo„llab-
quvvatlaydi. Tijorat inkubatoriga yangi ishchi a‟zolarni taklif etish, odatda, yangi 
korxona ochilishi bilan bog„liq bo„ladi. Berilgan muddat tugashi bilan ular o„z ish 
joyini yangi ishchilarga bo„shatishlari kerak.

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling