Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma‟lum bir 
mintaqaga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini 
ta‟minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, shart-
sharoitlar majmuasi tushuniladi. 
Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiyalash bilan bog„liq 
munosabatlarni amalga oshirish mumkin bo„lgan imkoniyatlar va qulayliklar 
majmuasini o„zida aks ettirgan voqelikdir. 
Investitsion muhit holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun 
hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishi talab etiladi. 
Shu bilan birga investitsion faoliyatni amalga oshirish shart-sharoitlarini 
ifodalovchi investitsiya muhiti quyidagilardan iboratdir: 
- investitsion faollik; 
- investitsion jozibadorlik (investitsion salohiyat va investitsion risk darajasi). 
Investitsion muhitning tarkibiy tuzilishi quyidagi 4.1-rasmda o„z aksini topgan. 
Investitsion jozibadorlik – mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir 
korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk 
darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. 
 
4.1-rasm. Investitsion muhit tarkibiy tuzilishi 
INVESTITSION MUHIT 
Investitsion 
jozibadorlik 
Investitsion faollik 
Investitsion 
risk darajasi 
Investitsion 
salohiyat 


107 
Investitsion jozibadorlik investitsion salohiyat va investitsion risk darajasini 
shakllantiradigan ikki guruh omillarning bir vaqtda ta‟sir etishi orqali aniqlanadi. Bu 
kabi ko„rsatkichlarga baho berish orqali investitsiyalarning maqsadga muvofiqliligi 
hamda jozibadorligi, investitsion risk darajasini aniqlash mumkin. Investitsion risk 
darajasi investitsion muhitga bevosita, to„g„ridan-to„g„ri bog„liqdir. 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling