Эркин иқтисодий ҳудудлар


-rasm. To„g„ridan-to„g„ri chet el investitsiyalariga qulay sharoit yaratish


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

4.3-rasm. To„g„ridan-to„g„ri chet el investitsiyalariga qulay sharoit yaratish 
O„zbekiston hududi va EIHlariga sarmoya kirituvchi chet ellik investorlar 
48
O„zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni 
himoya qilish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qonuni, 1-modda. // www.lex.uz. 
TTXI uchun qulay sharoit yaratish 
Teng huquqli sherikchlik 
O„zaro manfaatli
Hamkorga o„z mamlakatida samarali 
iqtisodiy faoliyat yuritishda 
ko„maklashish 
Umumiy maqsadga erishish 
uchun moliyaviy, mehnat, 
moddiy resurslarni birlashtirish 


117 
xalqaro huquq tamoyillari bo„yicha va O„zbekiston Respublikasining qonun 
hujjatlariga muvofiq quyidagi huquqlarga ega: 
- investitsiyalshni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo„nalishlarini 
mustaqil belgilash; 
- investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar 
bilan shartnomalar tuzish; 
- o„zining investitsiyalar va investitsiya natijalariga egalik qilish, ulardan 
foydalanish va ularni tasarruf etish. Chet ellik investorning qororiga binoan 
investitsiyalarga, ularning natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni 
tasarruf etish huquqlari O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilishi mumkin. Huquqlar boshqa 
shaxsga berilganda taraflarning o„zaro munosabatlari shartnomalar asosida tartibga 
solinadi; 
- O„zbekiston Respublikasi investitsiyalash natijasida olingan o„ziga qarashli 
ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini chet ellarda va O„zbekiston 
Respublikasida patentlashtirish to„g„risida mustaqil ravishda qaror qabul qilish; 
- investitsiya faoliyati natijasida olingan daromadni mustaqil va erkin tasarruf 
etish (shu jumladan, uning moneliksiz repatriatsiya qilish); 
- O„zbekiston Respublikasiga kreditlar va qarzlar tariqasida pul mablag„larini 
jalb etish; 
- o„z hisobvarag„idagi milliy valyuta mablag„laridan ichki valyuta bozorida chet 
el valyutasini sotib olish uchun foydalanish; 
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda va shartlarda er uchastkalarida doir 
huquqlarni sotib olish; 
- O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, o„ziga mulk huquqi 
asosida qarashli bo„lgan mol-mulk va har qanday huquqlardan zimmaga olgan 
majburiyatlarning, shu jumladan, qarz mablag„larini jalb etishga qaratilgan 
majburiyatlarning barcha turlari bo„yicha ta‟minot sifatida foydalanish; 
- o„z investitsiyalari va boshqa aktivlar rekvizitsiya qilingan taqdirda mutanosib 
ravishda tovon olish; 
- davlat boshqaruv organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarning 
hamda ular mansabdor shaxslarining g„ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) hamda 
qarorlari natijasida yetkazilgan zararlarni undirib olish. 
Chet ellik investor O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan huquqlarga ham egadir. 
EIHlarning samarali faoliyat ko„rsatishiga ta‟sir etuvchi muhim omillardan biri 
– bu hududlarning istiqbolini belgilash va samaradorligini aniqlash, shuningdek
nazorat qilishning huquqiy asoslarini belgilashdan iboratdir. Jahon tajribasidan 
ma‟lumki, huquqiy asoslarni to„laligicha ishlab chiqmasdan turib, hech bir erkin 
iqtisodiy zona yetarli darajada samarali faoliyat ko„rsata olmaydi. Shuning uchun 
ham huquqiy tartib-qoidalarni ishlab chiqish va uni amaliyotga joriy etish erkin 
iqtisodiy hududdagi xo„jalik subyektlari uchun ham, chet el investorlari uchun ham 
muhim ahamiyat kasb etadi.


118 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling