Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Investitsiya muhiti, huquqiy asos, xorijiy investitsiya, to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiya, kafolat, investitsion faoliyat, investor. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. Mamlakatimizda bugungi kunda EIHlarga investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoit, qonuniy huquq va kafolatlarni o„zida mujassam etgan zaruriy huquqiy asoslar yaratilgan. Ushbu huquqiy asos mamlakatimizning EIHdan tashqaridagi huquqiy asoslardan ajratilmaydi, aksincha, yanada qulayroq imkoniyatlarni taqdim etadi. Shunga ko„ra, xorijiy investorlar xalqaro huquq tamoyillari bo„yicha va O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq qonunlarda belgilangan huquqlarga ega. 2. Milliy iqtisodiyoga to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uning diversifikatsiyasi, raqobatbardoshligi va faol o„sishini ta‟minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan EIHlarga TTXIlarni keng jalb etishga ustuvor ahamiyat berilgan. 3. Milliy iqtisodiyot va EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda xalqaro me‟yorlarga amal qilinadi va bu, o„z navbatida, investitsiya faoliyati uchun yaratilgan huquqiy asoslarning xorijiy investorlar uchun ahamiyatini yanada oshiradi. Biroq, har bir davlatdagi singari O„zbekiston Respublikasida ham yaratilgan huquqiy asoslarda davlatning milliy, iqtisodiy, siyosiy, xalqaro va boshqa manfaatlari, xavfsizligi hamda uni ta‟minlash va himoyalash bilan bog„liq maqsadlaridan kelib chiqib o„ziga xos jihatlar, shart-sharoitlar inobatga olinadi. Nazorat uchun savollar: 1. EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda huquqiy asoslarni yaratishning zarurligi nimada? 2. Investitsiyalarni jalb etishning huquqiy-me‟yoriy asoslari qanday tarkibga ega? 3. TTXIlarni jalb etish tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda qanday ahamiyatga ega? 4. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda qaysi qonun hujjati asos bo„lib xizmat qiladi? 5. O„zbekistonda investitsiya faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari qaysi qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi? 6. O„zbekistonda xorijiy investorlarga qanday kafolatlar berilgan? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling