Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Investitsiya muhiti, huquqiy asos, xorijiy investitsiya, to„g„ridan-to„g„ri xorijiy 
investitsiya, kafolat, investitsion faoliyat, investor. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1. Mamlakatimizda bugungi kunda EIHlarga investitsiyalarni jalb etish uchun 
qulay shart-sharoit, qonuniy huquq va kafolatlarni o„zida mujassam etgan zaruriy 
huquqiy asoslar yaratilgan. Ushbu huquqiy asos mamlakatimizning EIHdan 
tashqaridagi huquqiy asoslardan ajratilmaydi, aksincha, yanada qulayroq 
imkoniyatlarni taqdim etadi. Shunga ko„ra, xorijiy investorlar xalqaro huquq 
tamoyillari bo„yicha va O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq 
qonunlarda belgilangan huquqlarga ega. 
2. Milliy iqtisodiyoga to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uning 
diversifikatsiyasi, raqobatbardoshligi va faol o„sishini ta‟minlashda muhim 
ahamiyatga ega. Shu sababdan EIHlarga TTXIlarni keng jalb etishga ustuvor 
ahamiyat berilgan. 
3. Milliy iqtisodiyot va EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda xalqaro 
me‟yorlarga amal qilinadi va bu, o„z navbatida, investitsiya faoliyati uchun yaratilgan 
huquqiy asoslarning xorijiy investorlar uchun ahamiyatini yanada oshiradi. Biroq, har 
bir davlatdagi singari O„zbekiston Respublikasida ham yaratilgan huquqiy asoslarda 
davlatning milliy, iqtisodiy, siyosiy, xalqaro va boshqa manfaatlari, xavfsizligi hamda 
uni ta‟minlash va himoyalash bilan bog„liq maqsadlaridan kelib chiqib o„ziga xos 
jihatlar, shart-sharoitlar inobatga olinadi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda huquqiy asoslarni yaratishning zarurligi 
nimada? 
2. Investitsiyalarni jalb etishning huquqiy-me‟yoriy asoslari qanday tarkibga 
ega? 
3. TTXIlarni jalb etish tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda qanday 
ahamiyatga ega? 
4. Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda qaysi qonun hujjati asos bo„lib 
xizmat qiladi? 
5. O„zbekistonda investitsiya faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari 
qaysi qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi? 
6. O„zbekistonda xorijiy investorlarga qanday kafolatlar berilgan? 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling