Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.3-rasm. Hududlar qulay investitsya muhiti asoslari 47
HUQUQIY
OMILLAR 1. Investitsiya faoliyati huquqiy asoslarining mustahkamlik darajasi. 2. Investitsiya faoliyatini bevosita ta‟minlovchi huquqiy asosning mustahkamlik darajasi. 3. Investitsiya faoliyatining me‟yoriy asoslari (farmon, qaror, nizom, yo„riqnomalar va h.k.). 4. Xalqaro norma va standartlarning amal qilish darajasi. Investitsiya muhitiga ta‟sir qiluvchi investitsiya risklarining turlari: - huquqiy (investitsiyalashning huquqiy shartlarini, alohida ishlab chiqarish omillari tarkibini aks ettiradi); - siyosiy (siyosiy barqarorlik darajasini hisobga oladi); - ijtimoiy (ijtimoiy holat darajasi hisobga olinadi); - noqonuniy faoliyat (mintaqada jinoyatchilik darajasini hisobga oladi); - iqtisodiy (mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga oladi); - ekologik (atrof-muhitning ifloslanish darajasini hisobga oladi) risklardan iborat. Hududiy investitsion salohiyat hududiy darajada investitsion jarayonlarning rivojlanishi, investorlar uchun muhim ahamiyatga ega bo„lgan muqobil ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarning mavjudligi bilan baholanadi. Hududlarda investion muhitni shakllantirish va uning uzluksiz yaxshilanib borishida, birinchi navbatda maqsad va vazifalarni aniq belgilab olishga erishish lozim. Maqsad va vazifalarning aniq va to„g„ri belgilanishi hududda qulay investitsiya muhitining yanada yaxshilanishini ta‟minlaydi. Buni quyidagi rasm orqali yaqqol kuzatishimiz mumkin. 113 4.3-rasm. Hududlar qulay investitsya muhiti asoslari 47 Rasmdan ko„rinadiki, hududiy investitsion salohiyatni oshirish bilan birga hududiy investitsion risklarni pasaytirish orqali ularda investitsion jozibadorlikni oshirishga erishish mumkin. Bu maqsadga erishish yo„li orqali hududlarga ichki va tashqi investitsiyalarni kengroq jalb etish mumkin. Shu yo„l orqali investitsion faoliyatni yaxshilash maqsadiga erishish mumkin. Bu, o„z navbatida, hududlarning investitsiya muhitini qulaylashtiradi. Hudud investitsiya muhiti unda joylashgan EIHlar investitsiya muhiti uchun ham juda muhim sanaladi. Shu sababdan yuqorida keltirilgan rasmni bevosita EIHlarda yaratiladigan investitsiya muhitiga ham bevosita bog„lash mumkin. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling