Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Investitsion salohiyat turlari
Investitsion salohiyat – bu mamlakatda asrlar davomida shakllangan omillar
yig„indisi bo„lib, “obyektiv” omillar deb ataladi. Unga tabiiy resurs salohiyati, mehnat, ishlab chiqarish, innovatsion, iste‟mol, moliyaviy salohiyatlar kiradi. 4.2-rasm. Investitsion salohiyat turlari Tabiiy resurslar salohiyati: - mineral resurslar (foydali qazilmalar); - iqlim sharoitlari; - mamlakatning geosiyosiy joylashuvi; - er, suv resurslari; - o„simlik va hayvonot dunyosi. Mehnat salohiyati. Mehnat salohiyatiga iqtisodiy faol aholi soni, uning yosh tarkibi, joylashish zichligi, bilim darajasi, shuningdek, mehnatning o„rtacha qiymati kabilar kiradi. Odatda, xorijiy investorlarni malakali va arzon ishchi kuchiga ega hududlar qiziqtiradi. Ishlab chiqarish salohiyati. Bu salohiyat mamlakatda yaratilgan ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarish vositalari, iqtisodiyot tarkibi, sanoat, qazib chiqarish va qayta ishlovchi tarmoqlarning o„zaro nisbati, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan investitsion loyihalar miqdori, kichik biznesning rivojlanish darajasi va boshqalar bilan bog„liqdir. Iste‟mol salohiyati. Iste‟mol salohiyatida investor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotning ichki bozorda sotilishi ko„rib chiqiladi. Bunda talab, raqobat va aholining daromad darajasi baholanadi. Innovatsion salohiyat. Innovatsion salohiyat ilmiy yutuqlar, mamlakatdagi ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga xarajatlar, texnika va texnologiyalarni Investitsion salohiyat turlari Tabiiy resurslar salohiyati Iste‟mol salohiyati Mehnat salohiyati Innovatsion salohiyat Ishlab chiqarish salohiyati Moliyaviy salohiyat 108 yangilanish darajasi, yangilik va kashfiyotlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Moliyaviy salohiyat. Moliyaviy salohiyat mamlakatning moliyaviy imkoniyatlari, iste‟mol va jamg„armaning nisbati, bank sohasidagi depozit va pul kredit siyosati, tashqi qarz, ichki zahiralar va boshqalar bilan xarakterlanadi. O„zbekistonda qulay investitsiya muhitining yaratilishi natijasida: - iqtisodiyotga milliy va xorijiy investitsiyalar oqimining faollashuviga zamin yaratadi va uning samarali o„zlashtirish natijasi ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; - import o„rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo„lga qo„yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga yo„naltirish va pirovardida aholining me‟yordagi turmush darajasini ta‟minlash imkonini beradi; - kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va xususuiy sektorda investitsiyalar faolligini oshirish orqali o„sib aholini ish bilan ta‟minlash imkonini beradi; - korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; - tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko„maklashadi va milliy iqtisodiyotimizni qay darajada barqaror rivojlanayotganligi anglatuvchi quyidagi o„sish ko„rsatkichlari yuzaga keladi; - EIHlar orqali investitsiyalarning faol kirib kelishi rivojlanib boradi; - mamlakatning tashqi iqtisodiy, savdo, investitsion, innovatsion va boshqa yo„nalishdagi aoqalari rivojlanadi; - mamlakatning barqaror iqtisodiy o„sish, tashqi savdo balansini ta‟minlash, oltin-valyuta zahirasini ko„paytirish kabilar orqali raqobatbardoshliginini oshiradi va sh.k. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling