Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
Tayanch iboralar:
Investitsiya muhiti, investitsion salohiyat, investitsion jozibadorlik, investitsiya resursi, investitsion faollik, erkin iqtisodiy hududlar, investitsiya. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda investitsiya muhiti muhim ahamiyatga ega. Shu sababdan investitsiya muhitining jozibadorligini oshirish doimo eng muhim vazifalardan bo„lib qolaveradi. 2. Investitsiya muhiti deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma‟lum bir mintaqaga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini ta‟minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, shart- sharoitlar majmuasi tushuniladi. Investitsion jozibadorlik – mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsiyalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. Investitsion jozibadorlik holati investitsion faollikka o„z ta‟sirini ko„rsatadi va u hal etuvchi omil sifatida baholanadi. 3. Investitsiya muhiti investitsiyaon jozibadorlik va investitsion faollikni o„z ichiga olib, o„z navbatida, investitsion jozibadorlik hal etuvchi o„rinni egallaydi va u 109 iqtisodiyotning investitsion salohiyati va ungi kiritiladigan investitsiyalarning investitsion risk darajasidan tashkil topadi. Nazorat uchun savollar: 1. EIHlarga investitsiyalarni jalb etishda investitsiya muhitining o„rni va ahamiyati nimada? 2. Investitsiya muhiti deganda nimani tushunasiz? 3. Investitsiya muhiti nimalardan iborat va uning jozibadorligini oshirish uchun nimalarga e‟tibor qaratilishi lozim bo„ladi? 4. Investitsion jozibadorlik deganda nimani tushunasiz va uning tarkibi nimalardan iborat? 5. Investitsion salohiyat mazmunini aytib bering va uning tarkibiy qismlariga izoh bering. 6. EIHlarga investitsiyalarni yanada faol jalb etish uchun mamlakatimizda qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling