Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- Tavsiya etilayotgan adabiyotlar
Tayanch iboralar: Kompleks hududlar, maxsus iqtisodiy hududlar, xalqaro erkin iqtisodiy hududlar, kapital, sanoat, eksport. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 1. Kompleks hududlar iqtisodiy o„sish, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish, aholi bandligini ta‟minlash kabi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish maqsadlarida tashkil etiluvchi hudud hisoblanadi. 2. Kompleks hududlarning maxsus iqtisodiy hudud, xalqaro erkin iqtisodiy hudud va mintaqaviy hudud sintari turlari mavjud. Ular tarkibida maxsus iqtisodiy hudud tashkil etilishi nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi. 3. Kompleks hududlarga xos umumiy xususiyatlar maxsus iqtisodiy hududlarda ko„proq namoyon bo„lib, uni Xitoyda faoliyat ko„rsatayotgan va faol rivojlanish tajribalariga ega 6 ta EIHni misol qilib keltirish mumkin. Nazorat uchun savollar: 1. Kompleks hududlarni tashkil etish va rivojlantirishdan maqsad nima? 2. Kompleks hududlarning qanday turlarini bilasiz? 3. Maxsus iqtisodiy hududlar nima maqsadlarda tashkil etiladi va qaysi davlatlarda faol rivojlanishga ega? 4. Xalqaro erkin iqtisodiy hududni tashkil etish zaruriyati va xususiyatlari nimalardan iborat? 5. O„zbekistonda kompleks hududlarning qaysi turlarini tashkil etish va rivojlantirishni o„rinli deb hisoblaysiz? 6. Jahon amaliyotida kompleks hududlar qachondan boshlab tashkil etilib kelinmoqda? Tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 1. Aндирианов В.Д. Россия: Экономический и инвестиционный потенциал. – M.: Экономика, 1999. – 467 с. 2. Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 2005. – 230 с. 3. Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: становление и развитие. Монография. – Хабаровск: изд-во Тихоокеан. гос. ун- та, 2017. – 170 с. 4. Приходко С.В., Воловик Н.П. Особие экономические зоны. – М.: ИЕПП, 2007. – 268 с. 5. Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – 176 b. 6. Фуршчик М.А., Шутова А.В. Особие экономические зоны: опыт и перспективы. – М.: Медиа Инфо Групп, 2014. – 216 с. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling