Эркин иқтисодий ҳудудлар


maxsus iqtisodiy hududlar, xalqaro erkin iqtisodiy hududlar


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

maxsus iqtisodiy hududlar, xalqaro erkin iqtisodiy hududlar 
“Kompleks hududlar” tushunchasi yaqinda paydo bo„lganligiga qaramay jahon 
amaliyotida misli ko„rilmagan natijalarni namoyon etdi. Kompleks EIH xo„jalik 
yuritishning yangi shakllaridan biri bo„lib, jahon iqtisodiyotida 1980-yillarning 
o„rtalariga kelib esa keng ommalasha boshladi. 
Amaliyotda bir funksiyani bajarishga ixtisoslashgan hudud mavjud emas. Eng 
ko„p tarqalgan hududlarga savdo, bojxona, sanoat, tadqiqot funksiyalarini bajaruvchi 
kompleks hududlar kiradi. Ular turli funksiyalarni bajaradilar va investorlarning turli 
xil iqtisodiy faoliyat bilan shug„ullanishlariga imkon beradilar. Shu sababli ularni 
tashkil etishda ustuvor funksiyalarni belgilab olish lozim. Aynan shu kabi 
hududlarda yangi ma‟muriy-hududiy birlik tashkil etilishi mumkin. 
Biror-bir faoliyat turiga ixtisoslashgan EIHlar bilan birgalikda ko„p sohalarni 


101 
qamrab oluvchi hududlar ham keng tarqalgan. Kompleks EIHlarning boshqa turdagi 
hududlardan farqi shundaki, ularning hududdi ancha kattaroq, ishlab chiqarish 
kontsentratsiyasi yuqoriroq va faoliyat sohalari kengroq. Ularning funksiyasiga 
eksportga 
yo„naltirilgan 
ishlab 
chiqarishni 
rivojlantirish, 
moliya 
bozorini, 
sug„urtalashni, komunikatsiyalar, turizm va boshqalarni o„stirish vazifalari kiradi. 
EIHlarning rivojlanish mantiqidan kelib chiqib aytish mumkinki, kompleks hududlar 
EIHlarning eng zamonaviy shaklidir. 
Kompleks hududlarga rivojlangan mamlakatlar tomonidan depressiyali 
hududlarda tuzilgan EIHlar, Xitoyning maxsus EIHi, Braziliyaning “Manaus 
hududi”, Argentinadagi “Olovli yer ” hududi misol bo„la oladi. O„tgan asrning 1990-
yillarida kompleks hududlar Dominikan Respublikasida, Ispaniya va Koreya 
Respublikasida tuzila boshlandi. EIHlarning boshqa modellaridan farqli o„laroq 
kopleks hududlar o„zlarining alohida belgilari bilan ajralib turadilar va bir-biriga hech 
ham o„xshamaydi. 
Masalan, Manaus erkin hududi unikal hududiy tuzilma bo„lib, jahon amaliyotida 
o„xshashi yo„qdir. 3,6 mln. m
2
maydonda joylashgan ushbu hududning kopleks 
xarakteri asta-sekinlik bilan shakillandi. Asr boshida Manausda 600 ta yirik sanoat 
korxonalari, qayta ishlash sanoatining 30 ta sohasi (asosan, elektronika va elektro-
texnika), ko„plab milliy savdo va sanoat firmalari hamda AQSh, Yaponiya va 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yirik transmilliy korparatsiyalarining filiallari 
mavjud edi. Bu avval qoloq bo„lgan hudud sanoat sallohiyatining darajasi bo„yicha 
mamlakat miqyosida San-Paulu va Rio-de-Janeyrodan keyingi 3-o„ringa chiqdi. 
Bundan tashqari, u mamlakatning Janubiy-Sharqida ishlab chiqarilayotgan elektron 
va elektro-texnika mahsulotlarining Braziliyadagi eng yirik distribyutrlik 
markazlaridan biriga aylandi. 
1980-yillarda Xitoyda beshta maxsus iqtisodiy hududlar – milliy bojxona 
hududidan tashqariga chiqarilgan yirik ma‟muriy tuzilmalar tashkil etildi. Bu 
hududlarda turli soha bo„yicha eksport qilishga yo„naltirilgan ishlab chiqarishlar, 
texnoparklar, savdo korxonalari, madaniy va o„quv markazlari, turistik komplekslar 
joylashtirildi. Bu hududlarga jalb etilgan ko„p milliardli investitsiyalar tadbirkorlik 
faoliyatining umumiy darajasini oshirishga, sanoat tuzilmasida ijobiy o„zgarishlar, 
eksport hajmining keskin o„sishiga va uning tuzilmasini diversifikatsiyalashga, 
valyuta tushumlarining keskin o„sishiga va bandlikning ortishiga olib keldi. Hududlar 
Xitoyning dengiz buyi hududlarini mamlakat ichki hududlari bilan bog„lagan ko„prik 
bo„ldi. Erkin iqtisodiy hududlarning faoliyati mamlakatni yopiq ma‟muriy-taqsimot 
boshqaruv tizimidan ochiq bozor iqtisodiyotiga o„tishga imkoniyat berdi. 
Oxirgi yigirma yil davomida kompleks hududlarning o„ziga xos turlari – 
tadbirkorlik hududlari AQShda, Buyuk Britaniyada, Fransiyada, Vengriyada faoliyat 
yurita boshladi. Tadbirkorlik hududlari, odatda, tadbirkorlarga moliyaviy- kredit va 
soliq imtiyozlarini berish hisobiga mamlakatning qoloq hududlarida xo„jalik 
faoliyatini jonlantirishga qaratilgan. 1980 yilning oxirlaridan boshlab bunday 
tadbirkorlik tuzilmalari AQShda jadal suratlar bilan tuzila boshlandi. Hozir bu 
mamlakatda turli darajadagi 1500 ta tadbirkorlik hududlari mavjud. Ularning 
ko„pchiligi iqtisodiy inqiroz va ishsizlikning o„sishiga yuz tutgan hududlarda 


102 
tuzilgan. Ulardagi imtiyozlar va ularning darajasi hududda tashkil etilayotgan ishchi 
o„rinlari bilan bevosita bog„liq. Har bir ishchi o„rni uchun hududdagi tadbirkorlar 
soliqdan chegirma va boshqa imtiyozlar oladilar. Shunga o„xshash sxema bo„yicha 
Buyuk Britaniya va Fransiyadagi hududlar ham ishlaydi.

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling