Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
4-bob. ERKIN
IQTISODIY HUDUDLARDA INVESTITSION MUHIT XUSUSIYATLARI 4.1. Investitsiya muhitining mazmuni, iqtisodiy faollikni ta‟minlashdagi ahamiyati Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, investitsiya faolligining o„sish sur‟atlari investitsiya muhitiga ko„p jihatdan bog„liqdir. Mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti yaratilishi xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga faol jalb qilish, investitsiya faoliyatni rivojlantirish va samarali amalga oshirishning muhim asoslaridan biri hisoblanadi. O„zbekiston Respublikasida barqaror investitsiya muhitini yaratish va uning jozibadorligini oshirish davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishning ustuvor yunalishlaridan biridir. Mamlakatning zamonaviy iqtisodiy rivojlanish darajasi va shuningdek, olib borilayotgan investitsion faollikning o„sish sur‟atlari investitsion muhitga bog„liq bo„ladi. Investitsiya muhiti investitsiya resurslarini joylashtirish uchun umumiy mezon bo„lib, birinchi navbatda, kapital mablag„larning daromadliligini ta‟minlab beradi. Qulay investitsiya muhiti mamlakatga kapital olib kelishni rag„batlantiradi, investorlar faoliyati faolligi ko„tarilishiga xizmat qiladi aksincha bo„lsa, kapital oqib ketadi, investitsiya faoliyati susaya boshlaydi. Qaerda qulay investitsich muhiti mavjud ekan o„sha tomonga investitsiyalar oqimi tezlashadi. Darhaqiqat, investitsiyalar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchdir. Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratilishi talab etiladi, bunda davlat tomonidan barcha zaruriy choralar ko„riladi. Qaysi mamlakatda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va huquqiy shart-sharoitlar mavjud bo„lsagina o„sha davlat iqtisodiyotiga investitsiyalar qo„yilishi mumkin. Investitsiya muhitining jozibadorligi xorijiy investitsiyalar oqimini ko„paytirishning muhim omili hisoblanadi. O„z navbatida, investitsiya muhitiga doir quyidagi savollar tug„ilishi tabiiydir: 1. Investitsiya muhiti o„zi nima? 2. Investitsiya muhitining jozibadorligi nimalarga bog„liq? 3. Investitsiya muhitiga qanday ta‟rif berish mumkin? 4. Investitsiya muhitiga qanday omillar ta‟sir ko„rsatadi? 5. EIHlarda investitsiya muhiti qanday ahamiyat kasb etadi va uning o„ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? Iqtisodiyotda investitsiya faoliyatining rivojlanishi, ichki va tashqi investitsiyalarni jalb qilishning ko„lami, yo„nalishlari va samaradorligi, bevosita, investitsiya muhitiga bog„liqdir. Shu sababdan mazkur iqtisodiy atamaning tub mohiyatini o„rganish, yoritish va asoslab berishga bo„lgan turli iqtisodchi-olimlar, mutaxassislarning qarashlari va o„ziga xos yondashuvlari orqali o„zaro ilmiy munozaralar hozirgi kunda ham davom etmoqdaki, bu, o„z navbatida, mazkur sohaga aloqador va unga qiziqish bildiruvchilar e‟tiborini o„ziga tortmasdan qolmaydi. Investitsiya muhiti EIHlarda yoki mamlakatning alohida hududida, shuningdek, 106 alohida tarmoq, yo bo„lmasa, makrodarajada tashkil etilishi va amal qilishidan qat‟iy nazar umumiy va yagona mazmunda ta‟riflanishi lozim. Iqtisodiy adabiyotlarda investitsiya muhiti mazmuni haqida turli talqindagi ta‟riflar keltirilgan. Bu esa unga yagona ta‟rif-talqin mavjud emasligidan dalolat. Shu sababni uning mazmuni, ahamiyatini o„rganish hozir ham dolzarb hisoblanadi. Shunga ko„ra, ushbu atamaning iqtisodiy mazmunini yoritish maqsadida quyidagi ayrim iqtisodchi-olimlar tomonidan bildirilgan ta‟riflarni tadqiq etish asosida investitsiya muhitiga quyidagicha ta‟rif berish mumkin: Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling