Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
Nazorat uchun savollar:
1. Texnik-tadbiq etish hududlari nima maqsadda tashkil etiladi va mazkur hududlarning tarmoqlararo munosabatlarni rivojlantirishdagi ahamiyati nimada? 2. Texnik-tadbiq etish hududlari boshqa turdagi EIHlardan nimasi bilan farqlanadi? 3. Texnik-tadbiq etish hududlari tarkibida bugungi kunda eng rivojlanganlari haqida nimalarni bilasiz? 4. Tenopark va texnopolislarning xususiyatlari va ahamiyati haqida nimalarni bilasiz? 5. Innovatsiya markazlari qanday funksiyalarni bajaradi? 6. Texnik-tadbiq etish hududlari mahsulotlari o„zining qanday afzalliklariga ega? 3.5. Xizmat ko„rsatuvchi hududlar va ularning xususiyatlari Servic hududlari (xizmat ko„rsatuvchi hududlar). EIHlarning turli ko„rinishlari orasida ma‟lum bir xizmat turini ko„rsatishga – bank, sug„urta, lizing, agrar, informatsion, turistik hududlar ham paydo bo„ldi. O„tgan asrning 1980-90 yillarida paydo bo„lgan bunday tor ixtisosolashgan hududlar EIHlarning to„rtinchi avlodi 98 sirasiga kiradi. Bu guruh orasida turistik hududlar keng tarqaldi. Dunyo bo„ylab turistik xizmatlarga bo„lgan talabning o„sishi birinchi navbatda, ijtimoiy-iqtisodiy omillar (bo„sh vaqt va umumiy daromadning o„sishi, to„lanadigan mehnat ta‟tilining o„zayishi, pensiya ta‟minotining yetarli darajasi, bolalar soni kamayishi hisobiga oila tarkibida bo„layotgan o„zgarishlar va hokazo) bilan, hamda transport rivojlanishidagi yutuqlar uning arzonlashuvi va ommabopligi, valyuta cheklanmalarini olib tashlanishi yoki yengillashtirilishi, viza tartibini liberallashuvi bilan izohlanadi. 1990-yillarda faol tashkil qilina boshlangan turistik hududlar ham rivojlangan mamlakatlarda (Ispaniya, Partugaliya, Shvetsariya), ham rivojlanayotgan mamlakatlarda (Dominikan Respublikasi, Kolumbiya, Koreya Respublikasi, Chili va boshqalar) faoliyat ko„rsatmoqda. Odatda davlat bunday hududlarda zarur infrastrukturani yaratadi, mehmonxona va turistlar joylashadigan boshqa binolarni qurilishini moliyalashtiradi, hamda turistlarga xizmat ko„rsatish biznesida ishlayotgan mahalliy va chet el kompaniyalariga turli imtiyozlar beradi. Ko„pchilik mamlakatlar uchun xalqaro turizm, shu jumladan, EIHlar orqali tuzilganlari ham milliy iqtisodiyotning yirik sohasiga aylanadi, sezilarli valyuta tushumini ta‟minaydi, yangi ishchi o„rinlarini yaratib, tovar va xizmatlar eksportini oshiradi. Informatsion xizmatlarni ko„rsatishga ixtisoslashgan hududlar ham muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatmoqda. Bunday hududlar Yamayka, Birlashgan Arab amirliklari va ba‟zi bir boshqa mamlakatlarda paydo bo„lgan. Masalan, Dubay shahrida “internet-siti” EIHdi tuzilgan bo„lib, u chet el kompaniyalariga imtiyozli shartlarda barcha faoliyat turlari haqida ma‟lumot olishga imkon beradi, transaktsion harajatlarni, barcha sohadagi to„siqlarni kamaytiradi. “Internet-siti”da ko„pgina yirik transmilliy korparatsiyalarning, shu jumladan, Germaniyaning “Simns” korporatsiyasining filiallari joylashgan. Borgan sari avvval Londondan ma‟lumot tarqatgan ommaviy axborot vositalari yangi “Mediya-siti” Dubay markaziga ko„chib o„tmoqda. Informatsion xizmatlar sohasidagi yana bir EIH Yamaykadagi “Montego-bey” bo„lib, uning hududida markaziy Amerikadagi eng raqobatbardosh xalqaro tovush va elektron aloqa kanallariga ega bo„lgan teleport faoliyat yuritmoqda. Hudud matn taxrirlagich turidagi dasturlarni va turli telemarketing xizmatlarni eksport qiladi. Xizmat ko„rsatuvchi EIHlarning alohida shakli offshor markazlari bo„lib, u erda ushbu hududda xo„jalik yuritmaydigan yuridik shaxslar (firmalar, banklar) registratsiyalashning yengillashtirilgan tartibidan va soliq imtiyozlaridan foydalanadilar. Offshor atamasi ingliz tilidan olingan bo„lib, “sohildan tashqarida”, “ochiq dengizda” degan ma‟noni anglatadi. Offshor markazlarida, odatda, bank va sug„urta xizmatlari joylashib, ular orqali eksport-import operatsiyalari, ko„chmas mulk oldi-sotdisi, dengiz kemalarini oldi- sotdisi, trast va konsalting faoliyati amalga oshiriladi. Offshor markazlari chet el kompaniyalari va banklarini taqdim etilayotgan keng imtiyozlar hisobiga jalb etadi. Ular jumlasiga qulay valyuta-moliya qonunchiligi, soliqka tortishning imtiyozli xarakteri va rag„batlantiruvchi tashqi savdo qonunchiligi kiradi. Turli ofshor hududlarda ro„yxatdan o„tish turli miqdordagi to„lovlarni tashkil 99 etadi: - Beylizda - $900, shuningdek, mazkur davlat budjetiga har yili $950 to„lab turilishi lozim; - Buyue Britaniyada - $1250; har yillik soliq $1300 tashkil etadi; - - Panama - $1250; har yillik soliq $1350 tashkil etadi; - Kipr - $3000; har yillik soliq $3200 tashkil etadi; - Gongkong - $2100; har yillik soliq $2250 tashkil etadi; - BAA - $2900; har yillik soliq $3800 tashkil etadi; - Virgin orollari - $1250; har yillik soliq $1480 tashkil etadi. 2018 yilda eng yaxshi ofshor hududlari reytingi TOP-10 taligi: 1. Shveytsariya. 2. Gonkong. 3. Delaver, SShA. 4. Singapur. 5. Kayman orollari. 6. Lyuksemburg. 7. Livan. 8. Germaniya. 9. Baxreyn. 10. BAA. Aksariyat offshor hududlar Karib havzasi hududlarida joylashgan. Shuningdek, ro„yxatga quyidagi offshor hududlarni ham mkiritish mumkin: Britaniya Virgin orollari, Angilya, Sent-Vinsent i Grenadina orollari, Kaymanova orollari, Terks i Kaykos, Dominika Ittifoqi, Bagama orollari, Aruba, Puerto-Riko, Sent-Kits i Nevis, Montserrat, Barbados, Virgin orollari (AQSh), Sent-Lyusiya, Bermud orollari, Niderlandiya Antil orollari, Grenada, Antigua i Barbuda. Eng avvalo, offshor hududlarda banklar, kompaniyalar, investitsion fondlar, trastlar, sug„urta kompaniyalari tashkil etiladi. Ayrim hollarda, tayyor offshorlarni (kompaniyalarni) sotib olishni uni “nol”dan ro„yxatdan o„tkazishdan afzal hisoblanadi. Turli ofshor hududlarda soliq stavkalari turlicha belgilangan: - Buyuk Britaniyada – 20%; - Daniyada – 25%; - Niderlandiyada – 25,5%. - Lixtenshteyn – 12 %. - Barbados – 1-2 %. - Mavrikiy – maksimal stavka 3 %ga teng. - Vengriya – 10 %. - Latviya – 15 %. - Men orollari – 0-10 %. Chexiya –10-15 %. - Avstraliya – 30 %. Kanada – 4-12%. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling