Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni Erkin iqtisodiy zonalar


Download 1.22 Mb.
bet1/5
Sana16.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1500888
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Slayd Erkin iqtisodiy zonalar investitsiyadan

Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni

Erkin iqtisodiy zonalar

  • XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab erkin iqtisodiy hudud (EIH) xalqaro iqtisodiyotning ajralmas qismi bo'lib kelmoqda. Jahon xo'jaligi aloqalarida erkin iqtisodiy hudud xalqaro tovaralmashinuvining faollashuvi, investitsiyalar mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o'sishi hisobiga iqtisodiy o'sish ko'rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda.
  • XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab erkin iqtisodiy hudud (EIH) xalqaro iqtisodiyotning ajralmas qismi bo'lib kelmoqda. Jahon xo'jaligi aloqalarida erkin iqtisodiy hudud xalqaro tovaralmashinuvining faollashuvi, investitsiyalar mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o'sishi hisobiga iqtisodiy o'sish ko'rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda.
  • Shu sababdan bugungi kunga kelib dunyo miqyosida EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga bo'lgan e’tibor, munosabat tobora ortib bormoqda.
  • Jumladan, ayni vaqtga kelib O'zbekiston Respublikasida ham mavjud 14 ta hududning 12 tasida 21 ta EIHlar tashkil etilishiga asos solingan bo’lib, ularning huquqiy asoslari ishlab chiqilgan.
  • Jahon amaliyoti tajribasi shuni ko'rsatadiki, EIHlar milliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan birgalikda, ishlab chiqarishga yangi, energiyatejamkor, zamonaviy yuqori texnologiyalarni olib kirish, ilg’or xorijiy menejment va marketing tajribalaridan foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar evaziga ichki bozorni import o’rnini bosuvchi tovarlar bilan to'ldirish, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirish, tashqi savdoni rivojlantirish, hududlarda yangi ish o'rinlari yaratish, valyuta tushumlari kirib kelishini ko’paytirish, oltin-valyuta zahirasi hajmini oshirish, iqtisodiy o’sishni ta’minlash, milliy valyuta barqarorligini mustahkamlash, Davlat budjeti daromadlarini oshirish va pirovardida, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va xalqaro raqobatbardoshligining yanada kuchayishiga keng yo’l ochib beriladi hamda unga xizmat qiladi.
  • Offshor zona - xorijiy kompaniyalarga nisbatan mavjud qonunchilikka muvofiq imtiyozli soliq rejimi oʼrnatilgan milliy hudud yoki uning bir qismi
  • Ishlab chiqarish faoliyati koʼzda tutilmaydi
  • Soliq toʼlovlarini
  • minimallashtirish
  • taʼminlanadi
  • «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasining qatnashchilari quyidagilarni to‘lashdan ozod etiladi:
  • daromad solig‘i;
  • yuridik shaxslar mol-mulkidan olinadigan soliq;
  • ijtimoiy infratuzilmani obodonlashtirish va rivojlantirish uchun soliq;
  • kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi;
  • shuningdek Respublika yo‘l jamg‘armasiga to‘lovlar.
  • Shuningdek «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasining qatnashchilari respublikada ishlab chiqarilmaydigan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish doirasida «Navoiy» EIZ hududiga olib kiriladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallardan olinadigan bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod etiladi (bojxona yig‘imlari bundan mustasno).
  • Belgilab qo‘yilsinki, yuqorida ko‘rsatilgan imtiyozlar kiritilgan investisiyalarning hajmiga qarab, shu jumladan quyidagilarga teng miqdorda 3 yildan 7 yilgacha muddatda beriladi:
  • 300 ming AQSh dollaridan 3 mln. AQSh dollarigacha — 3 yilgacha muddatga
  • 3 mln. AQSh dollaridan 10 mln. AQSh dollarigacha — 5 yilgacha muddatga;
  • 10 mln. AQSh dollaridan ortiq — 7 yilgacha muddatga.
  • “Navoiy” EIZda hozirgi vaqtda quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarish boʼyicha loyihalar amalga oshirilmoqda
  • Polietilen quvurlar (Ummon)
  • Optik tola kabeli (Ummon)
  • Аvtomobil yoqilgʼi uskunalari (Koreya)
  • Yoqilgʼi quyish stantsiyalari uchun uskunalar (Koreya)
  • Аvtomobil simlari (Koreya)
  • Аvtomobil generatorlari (Koreya)
  • Аvtomobil komponentlari (Koreya)
  • Energiyani tejovchi lampalar (Koreya)
  • Raqamli qabul qilish vositalari (Singapur, BАА)
  • Meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash va qadoqlash (BАА)
  • Farmatsevtika va meditsina mahsulotlari (Koreya)
  • Gigienik mahsulotlar (Koreya)
  • Plastik mahsulotlar (Koreya)
  • Oziq-mahsulotlarini ishlab chiqarish (Koreya)
  • O'zbekistonda birinchi EIZ 2008 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda ularning soni mamlakatning 13 mintaqasida 21 tani tashkil etmoqda kichik sanoat zonalari 149 tani tashkil qilmoqda.
  • Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatining 2020 yil 1 oktyabr holatiga yakunlari bo’yicha 30615 ta ish joylari 158 ta investitsiya loyihalari tashkil qilindi.
  • EIZ sanoat sohasi
  • "Navoiy" EIZ
  • "Angren" EIZ
  • "Jizzax" EIZ
  • "Urgut" EIZ
  • "G'ijduvon" EIZ
  • "Qo'qon" EIZ
  • "Xazarasp" EIZ
  • "Nukus" EIZ
  • "Sirdaryo" EIZ
  • "Chirokchi" EIZ
  • "Namangan" EIZ
  • "Termiz" EIZ
  • EIZ farmatsevtika sanoati
  • "Zomin-farm" EIZ
  • "Boysun-farm" EIZ
  • "Sirdaryo-farm" EIZ
  • "Kosonsoy-farm" EIZ
  • "Bustonlik-farm" EIZ ""
  • "Parkent-farm" EIZ
  • "Andijon-farm" EIZ
  • EIZ qishloq xo'jaligi sanoati
  • "Bukhoro-agro" EIZ
  • Turizm sanoatining EIZ
  • "Chorvoq" erkin sayyohlik zonasi

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling