Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishda erkin iqtisodiy hududlarning o’rni Erkin iqtisodiy zonalar


Erkin iqtisodiy hududlarning investitsiyalarni jalb etishdagi ahamiyati


Download 1.22 Mb.
bet5/5
Sana16.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1500888
1   2   3   4   5
Bog'liq
Slayd Erkin iqtisodiy zonalar investitsiyadan

4. Erkin iqtisodiy hududlarning investitsiyalarni jalb etishdagi ahamiyati.

  • EIHni rivojlanishining muhim sharti bu investorlar uchun bo’lgan imtiyozlardir. Chunki ular kapital qo’yishdan avval ularga berilayotgan imtiyozlarni obdon sinchkovlik bilan o’rganadilar. Bu o’rinda soliq imtiyozlari muhim o’rin tutadi. Soliq imtiyozlari – eng keng tarqalgan usul bo’lib, u kapitalning jamlanishiga, ishlab chiqarishning zamonaviy sohalarining rivojlanishiga, milliy iqtisodiyotda progressiv o’zgarishlarga erishishga yordam beradi. Davlat soliq imtiyozlari berish orqali ham mahalliy, ham xorij kapitali investitsiyasini rag’batlantiradi. Bunda yangi qayta ishlash sohalari, qoloq va olis hududlar, yangi texnika va texnologiyalarning qo’llanilishi, sermashaqat va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish ta’minlanadi. Lekin, shuni ta’kidlab o’tish kerakki, EIHlar uchun beriladigan imtiyozlar tizimi natijasida davlat zarar ko’rmaydi. Aksincha, bu ilmiy-texnik salohiyatni o’stirish, yangi boshqaruv usullarini va tadbirkorlik shakllarni joriy etish, xizmat ko’rsatishning jahon standartlariga o’tish uchun to’lanadigan haqdir.
  • Har bir mamlakat yoki uning u yoki bu hududi EIHlar tashkil etish jarayonida o’zining imtiyoz va rag’batlantiruvchi omillarini tanlaydi. Tajribalar ko’rsatishicha, hududlarda o’rnatiladigan imtiyozlar tizimi turlicha bo’lib, uning hududida amalga oshirilayotgan dastur va loyihalarga bog’liq. Shu bilan birga, turli xildagi EIHlarning umumiy sifatlari mavjuddir: anchayin qulay investitsiya sharoitlari, tashqi savdo, soliq, moliya va boshqaruv imtiyozlari.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling