Эркин иқтисодий ҳудудлар
-rasm. AKT sohasining YaIM dagi ulushi, % da
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
5.1-rasm. AKT sohasining YaIM dagi ulushi, % da
58 O„zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018-yil 14-may kuni “Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi Qarori mamlakat iqtisodiyotining sohalarini rivojlantirish, mahalliy tadbirkorlik subyektlari mahsulotlarini eksport qilish geografiyasini kengaytirish va hajmini oshirish, Internet tarmog„i orqali jahon bozoriga milliy mahsulotlarni sotish, to„lov tizimlarini takomillashtirishdagi o„rnini hisobga olib, elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilindi. Qarorda jahondagi eng ilg„or tajribani qo„llash masalasi zarurligi keltirilgan. Jumladan, ushbu qaror ilovasida 2019-2020 yillarda mamlakatimizda internet- do„konlar uchun logistika infratuzilmasi yaratilishi ko„zda tutilgan. Shuningdek, 2019-yilning 1-iyuliga qadar FedEx, DHL, UPS va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda O„zbekistonda ularning hududiy nuqtalarini (mintaqaviy xablarni) yaratish masalasi ustida ishlanadi. Kutilishicha, bu elektron savdo orqali mahsulot eksporti hajmini oshirish imkonini beradi. 2019-yilning 1-oktabriga qadar esa Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “O„zavtotrans” va boshqa tashkilotlar internet-do„konlar bilan ishlovchi yetkazib berish xizmatlarini rag„batlantirish choralarini ishlab chiqishadi va tasdiqlashadi. 2020-yilning 1-apreligacha davlat va xususiy sektor hamkorligi tadbiq etilgan logistika infratuzilmasi yaratilishini tasdiqlovchi me‟yoriy hujjat tayyorlanadi. Bu infratuzilmada, eng olis hududlarda yashovchi aholi ham internet-do„konlardan tovarlarni tez va qulay olishlarini ta‟minlash uchun hududiy logistika markazlari paydo bo„ladi. Hozirda ham ayrim onlayn savdo platformalari orqali turli tovarlar olish mumkin. Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo„lmasa, u holda 58 O„zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo„mitasi ma‟lumotlari. Y i l l a r 153 tovarlarga “Terabayt.uz” sayti orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud. Bundan tashqari, 2018-yil 14-may kuni qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida” Qarorida unda mamlakatda elektron tijoratning to„laqonli bozorini yaratishga, tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarning tashqi bozorlarga chiqishiga to„siq bo„layotgan qator muammo va kamchiliklar ham ko„rsatib o„tilgan. Ya‟ni, ular: - birinchidan, elektron tijorat sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning amaldagi tizimi soha taraqqiyotining jadal sur‟atlardagi o„zgarishlariga mos kelmaydi va o„z navbatida aholi keng qatlami va tadbirkorlik subyektlari uchun elektron tijoratdan foydalanish imkonini ta‟minlamaydi; - ikkinchidan, mahalliy tadbirkorlik subyektlariga tashqi bozorlarda to„liq raqobatlashish, shuningdek, xarajatlarni optimallashtirish imkonini bermayotgan elektron tijorat orqali tovarlar (xizmatlar)ni eksport qilishning eskirgan byurokratik to„siqlari saqlanib qolmoqda; - uchinchidan, elektron tijoratni rivojlantirishga yo„naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish jarayoni lozim darajada yo„lga qo„yilmagan, bu esa iqtisodiyotni raqamlashtirish va tadbirkorlik faoliyati rivojlanishining to„xtab turishiga olib kelmoqda; - to„rtinchidan, mahalliy to„lov tizimlarining mashhur xorijiy analoglari bilan integratsiyasi yo„qligi, mamlakat tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat sohasidagi yetakchi xorijiy tashkilotlar bilan to„liq xalqaro hamkorlikda ishlashlariga, shuningdek, mahalliy bozorning eksport salohiyati va raqobatbardoshligiga ta‟sir qilmoqda; - beshinchidan, elektron tijorat imkoniyatlari va afzalliklarini, jumladan, tovarlar (xizmatlar) uchun, ayniqsa, joylarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish darajasi pastligicha qolmoqda, bu esa xufyona iqtisodiyot hajmining oshishiga va davlat budjetiga soliq tushumlarining kamayishiga olib kelmoqda; - oltinchidan, amaldagi soliqqa tortish tizimi elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlik subyektlari, jumladan, axborot vositachilari faoliyatini kengaytirishni rag„batlantirmaydi, bu esa Internet tarmog„i orqali mahsulotlarni xufyona ayirboshlash hajmi oshishiga olib kelmoqda, shuningdek, ushbu sohaga investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni cheklamoqda. Qaror asosida: - elektron tijorat orqali sotiladigan tovarlar (xizmatlar) uchun ularning umumiy qiymatidan majburiy 15 foizli oldindan to„lov to„lash talabi bekor qilindi; - elektron tijorat orqali realizatsiya qilingan tovarlarni sotuvchiga va yetkazib beruvchiga shaxsiy mulk, ijara va boshqa foydalanish huquqiga asosan, tegishli bo„lgan avtomobil transportida O„zbekiston hududi bo„ylab yetkazib berishda shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro avtomobilda yo„lovchilar va yuk tashishlarni amalga oshirish uchun litsenziya olish talab qilinmaydi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno; - 2018-yil 1-iyuldan boshlab Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reestrini 154 (Milliy reestr) yaratildi. Bunda Milliy reestrni yuritish elektron shaklda onlayn rejimda amalga oshiriladi va Milliy reestrga ixtiyoriy va bepul asosda tovar (xizmat)larni elektron tijorat orqali sotishdan olgan daromadlari umumiy sotilgan tovarlar (xizmatlar) hajmining kamida 80 foizini tashkil etuvchi, shu jumladan, elektron tijoratda elektron savdo maydonchalari, tovarlarni yetkazib berish, elektron hujjatlar va xabarlarni saqlash xizmatlarini ko„rsatuvchi yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar kiritiladi. Milliy reestr elektron tijorat ishtirokchilari to„g„risidagi yagona elektron axborot bankini yaratit, yuritadi; - Milliy reestrga kiritilgan yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar 2 foiz stavka bo„yicha yagona soliq to„lovini to„lovchilar hisoblanadi; - 2018-2021 yillarda O„zbekiston Respublikasida elektron tijoratni rivojlantirish dasturi tasdiqlandi. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling