Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mas‟ul bajaruvchilar Pudrat tashkiloti- ning nomi I. TRANSPORT INFRATUZILMASINI BARPO ETISH
- II. TASHQI MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA INFRATUZILMASINI BARPO ETISH
- III. NORMATIV BAZANI ISHLAB CHIQISH
5.5-jadval. “Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasini barpo etish chora- tadbirlari KOMPLEKSI № Tadbirlar nomi Bajarish muddatlari Moliyalashti- rish manbai Mas‟ul bajaruvchilar Pudrat tashkiloti- ning nomi I. TRANSPORT INFRATUZILMASINI BARPO ETISH 1. “Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasini qurish, shu jumladan: kirish temir yo„llari; 2013 yil sentabr “O„zbekiston temir yo„llari” DAKning o„z mablag„lari “O„zbekiston temir yo„llari” DAK “O„zbekiston temir yo„llari” DAK omborxonalar; 2013 yil sentabr yuklash-tushirish maydonchalari. 2013 yil sentabr 2. “Pop” multimodal logistika markaziga kirish avtomobil yo„lini qurish. loyiha- smeta hujjatlari,quri lishni tashkil etish loyihasi tasdiqlangach Respublika yo„l jamg„armasi mablag„lari “O„zavtoyo„l” DAK Tender savdolari natijalari bo„yicha II. TASHQI MUHANDISLIK-KOMMUNIKATSIYA INFRATUZILMASINI BARPO ETISH 3. Elektr ta‟minotining tashqi yuqori voltli ta‟minlovchi liniyasini qurish. 2013-yil iyun “O„zbekenergo ” DAKning o„z mablag„lari “O„zbekenergo” DAK “O„zbekenerg o” DAK 4. Suv ta‟minoti va kanalizatsiya obyektlariniqurish. 2013-yil iyun “O„zbekiston temir yo„llari” DAKning o„z mablag„lari “O„zbekiston temir yo„llari” DAK “O„zbekiston temir yo„llari” DAK 5. Tashqi aloqa tarmog„ini barpo etish, "O„zbektelekom" AKning mavjud telekommunikatsiya tarmoqlariga ulash. 2013-yil iyun “O„zbekteleko m” AKning o„z mablag„lari “O„zbektelekom ” AK “O„zbekteleko m” AK III. NORMATIV BAZANI ISHLAB CHIQISH 157 6. Quyidagilar: yagona tashish hujjati bo„yicha; jo„natish stantsiyasidan yetkazib berish stantsiyasigacha yagona tashish to„lovi bo„yicha tashishlarning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqish. 2013-yil sentabr “O„zbekiston temir yo„llari” DAKning o„z mablag„lari “O„zbekiston temir yo„llari” DAK, “Angren logistika markazi” aksiyadorlik jamiyati, Davlat bojxona qo„mita si, Avtomobil va daryo transporti agentligi Qaror asosida “O„zbekiston temir yo„llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi №Po№ multimodal logistika markazi bilan birgalikda: - “Qaqir” stantsiyasini – ko„mir, qurilish materiallari, yog„och-taxta yuklarini saqlash uchun, “Qo„qon” stantsiyasini – mineral o„g„itlar va iste‟mol tovarlarini saqlash uchun, “Marg„ilon” stansiyasini – konteynerli yuklarni saqlash uchun (Farg„ona viloyati); - “Raustan” stantsiyasini – konteynerli ko„mir va qurilish materiallari yuklarini saqlash uchun (Namangan viloyati); - “Axtachi” stantsiyasini – konteynerli ko„mir va qurilish materiallari yuklarini saqlash uchun (Andijon viloyati) ixtisoslashtirgan holda, Farg„ona mintaqaviy temir yo„l bog„lanmasining bir yo„la 91,7 ming tonna yukni saqlash quvvatiga ega bo„lgan omborxonalaridan foydalanishga ruxsat etildi. Endilikda “Angren logistika markazi” aksiyadorlik jamiyati va “Pop logistika markazi” unitar korxonasi vazirliklar, idoralar va xo„jalik boshqaruvi organlarining buyurtmanomalariga binoan “Qamchiq” dovoni orqali tashishlarning prognoz hajmlarini har yili 1 dekabrgacha shakllantirib, bunda yuklarni Farg„ona vodiysiga va u yerdan tashish nomenklaturasi va sxemalari aniqlanishini hisobga olib bormoqdalar. “O„zbekiston temir yo„llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi “Angren logistika markazi” aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda yuklarni jo„natish stantsiyasidan yetkazib berish stantsiyasigacha yagona tashish hujjati bo„yicha yetkazib berish uchun yagona tashish to„lovini belgilagan holda “O„zbekiston temir yo„llari” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi tashuvlarning butun yo„nalishida yuklarning but saqlanishini ta‟minlaydilar. Qarorda quyidagilar: “O„zbekiston temir yo„llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining kapital qurilish bo„yicha direksiyasi – “Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasini qurish bo„yicha bosh buyurtmachi etib; “Boshtransloyiha” aksiyadorlik jamiyati – bosh loyiha tashkiloti etib; 2013-yil – qurilishni boshlash va tugallash muddatlari etib; 2014-yil 1-yanvar – “Pop” multimodal logistika markazi faoliyatining boshlanish muddati etib; “O„zbekiston temir yo„llari” DAKning o„z mablag„lari – “Pop” multimodal 158 logistika markazi infratuzilmasi qurilishini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi. “Pop” multimodal logistika markazi infratuzilmasi qurilishining asosiy texnik- iqtisodiy ko„rsatkichlarni va ishchi hujjatlarini ishlab chiqish “O„zbekiston temir yo„llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi zimasiga yuklatildi va ushbu logistika markazi infratuzilmasi qurilishiga Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “O„zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati, “O„zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi va “O„zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi “O„zbekiston temir yo„llari” davlat- aksiyadorlik kompaniyasi hamda “O„zavtoyo„l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi ham biriktirildi. Ushbu markaz qurilishida metall prokati, tsement va yonilg„i-moylash materiallarining tartibga solinadigan narxlar bo„yicha, to„g„ridan-to„g„ri shartnomalar asosida yetkazib berilishi yo„lga qo„yildi. Ushbu “Pop” multimodal logistika markazini qurish doirasida: -O„zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro„yxatlar bo„yicha chetdan olib kelinadigan tovarlar – bojxona to„lovlaridan (bojxona yig„imlaridan tashqari); - bajariladigan ishlar (xizmatlar) hajmlari – qo„shilgan qiymat solig„idan 2014- yil 1-yanvargacha bo„lgan muddatga ozod qilindi. Shuningdek, “Pop logistika markazi” unitar korxonasi 2020-yil 1-yanvargacha bo„lgan muddatga soliqlarning barcha turlarini to„lashdan, davlat maqsadli jamg„armalariga majburiy to„lovlardan ozod qilindi. Namangan viloyati hokimligi “Pop” multimodal logistika markazini, avtomobil va temir yo„l kirish yo„llarini qurish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda er uchastkalari ajratilishini (bir oy muddatda) ta‟minlab bergan holda markaz qurilishiga ham e‟tiborini qaratdi. Umuman olganda, logistika markazlari bugungi hayotimizning muhim ajralmas qismiga aylandi. Shu sababdan ularni tashkil etish va rivojlantirish iqtisodiyot rivoji uchun, shuningdek, EIHlar taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda respublikamizda meva-sabzovot mahsulotlarini saqlash, ularni sovutish kameralarini o„rnatish bo„yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Masalan, birgina o„tgan 2016-yilning o„zida 77 ming 800 tonna sig„imga ega bo„lgan 114 ta yangi sovitish kamerasi tashkil qilinib, mavjudlari modernizatsiyalashtirilgach, yurtimizda meva-sabzavot saqlashning umumiy quvvati 832 ming tonnaga yetkazildi. Pirovardida ilgari meva-sabzavot mahsulotlari, asosan, Rossiya va qo„shni davlatlarga sotilgan bo„lsa, so„nggi yillarda Yevropa hamda Osiyo mamlakatlariga ham jo„natilmoqda. Ya‟ni endilikda Norvegiya, Tailand, Vetnam, Malayziya, Indoneziya, Braziliya, Kipr, Makedoniya, XXR, AQSh va Lotin Amerikasi davlatlari xaridorlar safidan joy egalladi. Pirovardida O„zbekiston juda qisqa davr mobaynida o„rik, olxo„ri, uzum, yong„oq, karam hamda boshqa ko„plab meva-sabzavot mahsulotlarini eksportga chiqarish hajmi bo„yicha dunyoda yetakchi 10 ta davlatdan biriga aylandi. Boshqacha aytganda, jahonning 80 ta davlatiga 180 turdan ortiq sarxil meva-sabzavot va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlar yetkazib berilmoqda. Zangiota tumanidagi “Highway Logistics Center” MChJ zamonaviy transport- 159 logistika markazi hududida bojxona bo„limi tashkil etilgan bo„lib, u erda bojxona posti, deklaratsiya to„ldirish, markazlashgan mahsulotlar g„aznasi, bank, sertifikatlashtirish va ko„rikdan o„tkazish bo„limlari, logistika xizmatlarini ko„rsatuvchi, tovar jo„natish hamda qabul qiluvchi kompaniyalar, bojxona brokerlari faoliyati yo„lga qo„yilgan. E‟tiborlisi, mazkur barcha xizmatlar “Yagona darcha” markazi orqali amalga oshiriladi. Bu esa ishbilarmonlarga katta qulaylik yaratmoqda. “Highway Logistics” zamonaviy logistika markazi tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun xizmat ko„rsatadi va u O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasi, O„zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi mas‟ul xodimlari, sertifikatlashtirish organlari hamda moliya muassasalari vakillari, xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi mahalliy hamda xorijiy avtotashuvchilar, tadbirkorlar bilan hamkorlikda faoliyat ko„rsatadi. Ko„p tarmoqli xizmat turlarini o„zida jamlagan logistika markazida yangi loyiha va innovatsion texnologiyalarni joriy etish orqali rasmiylashtiruvi jarayonlarini soddalashtirilgan ko„zda tutilgan. Xususan, tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodini aniqlash bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postining o„zida ekspress- laboratoriyalarda o„rnatilgan maxsus zamonaviy dastgohlar yordamida aniqlash, katta hajmdagi yuk tashuvchi mahalliy va xorijiy avtotransport vositalarida yuklarni respublikamiz hududida harakatlanishi va tashuvchilarga ruxsatnoma hujjatlarini berishga doir jarayonlarni soddalashtirish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bojxona terminalida ekspertiza organlari tomonidan namunalar olinishi va tegishli ruxsatnoma hujjatlarining tezkor taqdim etilishi bo„yicha ilg„or tajribalarni respublikamizda qo„llash logistika markazlari xizmati samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu markaz xizmatlaridan “Rurity packers” mas‟uliyati cheklangan jamiyati keng foydalanib keladi. Korxona 20 yildan buyon Xitoy, Shri-Lanka, Eron, Indoneziya kabi davlatlardan choy mahsulotlari keltirib, qayta ishlash, qadoqlash bilan shug„ullanadi. O„tgan vaqt davomida korxona mahsulotlari ichki va tashqi bozorda o„z xaridorini topdi. Har yili Qozog„iston, Rossiya va AQSh davlatlariga eksport qilamiz. Bu yil – 2018-yil Qirg„izistonda korxona mahsulotlariga talab yuqori bo„lmoqda. Biroq, bu jarayonda mavjud qiyinchiliklar, narx-navo, mahsulotni yetkazib beruvchi transport masalasi va shu kabi ko„plab muammolar uchrayotgan edi. Zamonaviy bojxona rasmiylashtiruvi esa vaqtni tejash bilan birga, tovarlar ekspertizasi va tegishli ruxsatnoma hujjatlari olish imkonini bermoqda. Bunday qulayliklar korxona faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarish hajmi va turini ko„paytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan “Global Research and Consulting” MChJ – GRC tashqi iqtisodiy faoliyat borasida konsalting xizmatlari, logistika, shuningdek, iqtisodiyot va rejalashtirish sohasida katta ish tajribasi bo„lgan mutaxassislarga ega tashkilot. “Global Research and Consulting” MChJ jahon bozorini marketing tadqiq qilish bo„yicha hamkorlarimiz bilan birgalikda yuk ortish-tushirish inspektsiyasi, shartnomalarning narx verifikatsiyasi, O„zbekiston Respublikasining “Davlat 160 xaridlari to„g„risida”gi Qonuniga muvofiq tender savdolarini tashkil etish va o„tkazish kabi konsalting xizmatlarining barcha turlarini ko„rsatadi. “Global Research and Consulting” MChJ ko„rsatadigan xizmat turlari: 1.Sifat/miqdoriy marketing tadqiqotlari, SWOT – tahlillar, O„zbekiston Respublikasi hududidagi tashkilotlar va korxonalar tomonidan talabgir bo„lgan ichki va tashqi bozorlarda tovarlar va xizmatlar nomenklaturasining butun hajmida tender va tanlovdan oldin ishlab chiqish uchun narxlarning eng yuqori, o„rta va eng past darajasini aniqlash. 2. Har qanday mulkchilik shaklidagi va har qanday faoliyat turidagi korxonalar uchun tender va tanlov savdolarini o„tkazish. 3. Yuk tashishning usullari va logistik marshrutlarini aniqlash va ularning qiymatini hisob-kitob qilish. 4. Biznes-rejalar va TIA ishlab chiqish. 5. Korxonalarda ISO joriy etish. 6. Fermer xo„jaliklari uchun GlobalGAP xalqaro standarti. Korxona faoliyati davomida “O„zavtosanoat” AK, “O„z-avto Inzi” MChJ XK, “UzKTJM” OAJ, “Bekobod metallurgiya kombinati” OAJ, “Artel” zavodi, Davlat geologiya qo„mitasi, “O„zGAShKLITI” DUK, O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Zaxiralarni boshqarish davlat qo„mitasi, O„zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti, O„zbekiston Respublikasi Nashriyot uylari, O„zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko„rsatish vazirligi , “O„zbektelekom” AK, “Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD”, “PepsiCo” (International Beverages Tashkent), “Haribo”, “Red Bull”, O„zbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati korxonalari bilan unumli hamkorlik qilib kelmoqda. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling